O`rta Osiyo san`ati


Download 8.21 Kb.
bet1/2
Sana18.11.2023
Hajmi8.21 Kb.
#1784592
  1   2
Bog'liq
O`rta Osiyo ilk o`rta asrlar davri devoriy naqsh san’ati

O`rta Osiyo ilk o`rta asrlar davri devoriy naqsh san’ati

O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davr san’ati va madaniyati

  • Eng kadimgi odamlar o`zlarining rivojlanishi bosqichlarida mehnat qurollarini turlari ko`paytirib va sifatini yaxshilab borganlar. Natijada ularning turmush tarzida jismoniy ko`rinishida o`zgarishlar bo`lib borgan. Odamning paydo bo`lishi yerdagi eng buyuk xodisalardan biri bo`lib u dastlab toshdan oddiy to`qmoq yasagan bo`lsa uzluksizlik mehnat, tinimsiz intilish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajaga keldi.

Jahon sivilizastiyasining o`choqlari

  • O`zbekiston hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizastiyasining o`choqlaridan biri ekanligiga ilmiy jihatdan hech qanday shubha yo`q. O`zbekiston va O`rta Osiyo xududlarida olib borilayotgan keng miqyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizastiyasida tutgan o`rnini tasdiqlaydi.

O’rta Osiyo iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti

  • Yangi asrning boshlariga kelib, O’rta Osiyo iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida jiddiy jonlanish boshlandi. Undagi qator madaniy markazlarda san’at va madaniyat borasida muhim yodgorliklar yaratildi. Shunday madaniy markazlardan biri Xorazm edi, Quyqirilgan qal’a, Guyar qal’a, Tuproq qal’a xarobalari, u erdan topilgan tasviriy va amaliy san’at namunalari shu davrlarda (ilk feodalizm, ya’ni V asrga qadar) Xorazmda ijtimoiy hayotning birmuncha intensiv bo’lganligini ko’rsatadi.

To’rtko’l

  • Quyqirilgan qal’a (To’rtko’lning shimoliy sharqiy qismidan 22 km. uzoqda) er.av. IV-III asrda barpo etilgan bo’lib, u dastlab dumaloq shaklda bo’lib, uning markazida diametri 44,4 m. ikki qavatli bino, undan 14,5 m. Uzoqlikda 1 esa mudofaa devorlari bo’lgan. Bu devor keyinchalik mudofaa galereyasiga aylantirilib, tepa qismi ravoqli tom bilan yopilgan.

Taxminan, I asrning boshlariga kelib, Grek-Baktriya podsholigining parchalanishi natijasida vujudga kelgan mayda davlatlar birlashtirilib, Kushon davlati tashkil etildi. Bu davlatga O’rta Osiyo hukmdori Kutzula Katfiz boshchilik qildi. Uning ug’li Katfiz II esa bu davlat maydoning Hindiston chegaralariga qadar etkazdi. Kanishka podsholik qilgan yillarda esa Kushon davlati o’zining gullagan davrini boshdan kechirdi. Kushonlar davrida O’rta Osiyoda buddizm dini keng tarqaldi. Kushon hukmdorlari o’z saltanatlarini mustahkamlash uchun bu dindan foydalandilar. Uni omma orasiga singdirishga harakat qildilar. Xukmdorlariing bu intilishi shu davr san’at va madaniyatida ham o’z ifodasini topdi. Buddizm bilan bog’liq bo’lgan ibodatxonalar vujudga keldi, haykallar yaratildi, devoriy suratlar ishlandi.

  • Taxminan, I asrning boshlariga kelib, Grek-Baktriya podsholigining parchalanishi natijasida vujudga kelgan mayda davlatlar birlashtirilib, Kushon davlati tashkil etildi. Bu davlatga O’rta Osiyo hukmdori Kutzula Katfiz boshchilik qildi. Uning ug’li Katfiz II esa bu davlat maydoning Hindiston chegaralariga qadar etkazdi. Kanishka podsholik qilgan yillarda esa Kushon davlati o’zining gullagan davrini boshdan kechirdi. Kushonlar davrida O’rta Osiyoda buddizm dini keng tarqaldi. Kushon hukmdorlari o’z saltanatlarini mustahkamlash uchun bu dindan foydalandilar. Uni omma orasiga singdirishga harakat qildilar. Xukmdorlariing bu intilishi shu davr san’at va madaniyatida ham o’z ifodasini topdi. Buddizm bilan bog’liq bo’lgan ibodatxonalar vujudga keldi, haykallar yaratildi, devoriy suratlar ishlandi.

Download 8.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling