O‘rta Osiyo tekisliklari suv havzalari va tog‘ xududlarida tarqalgan umurtqali hayvonlar reja kirish


Download 0.51 Mb.
bet8/10
Sana30.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1403733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Dilnozaxon zoologiya123

Qizilqum arxari
Ovis ammon( Linnaeus 1758) ssp.severtzovi, Nasonov,1914
10 Sh.X.Xurramov* X.T.Tangirov “Umurtqalilar zoologiyasidan amaliy mashgulotlar" T.-2012y.
Maqomi. 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan,mozaik tarqalgan kenja tur. TMXI Qizil ro’yxatiga kiritilgan.[NT].
Tarqalishi. O’tmishda-Markaziy va G’arbiy Qizilqumning qoldiq, tog’larida, Nurota, Molguzar, Turkiston, Zarafshon t. Hozirda Nurota, Oqtov t. Tomditov qoldiq tog’ida va ehtimol, Molguzar t.
O’zbekistondan tashqarida: o’tmishda- Qozog’iston g’arbi. O’rta Osiyo va Qozog’istonning qolgan hududlarida, G’arbiy Sibir janubida, Xitoy, Afg’oniston, Pokiston, Hindistonda-boshqa kenja turlari.
Yashash joylari. Tog’larning o’rta va yuqori qismlari(d.s.b 500- 2000m). Qishda tog’ etaklari va vodiylarga tushadi.
Soni. Umumiy soni 1800-2000 dona. Ulardan Nurota t. markaziy qismi, Nurota qo’riqxona hududlarida taxminan 1600 dona, G’arviy Nurotada- 150, sharqiy Nurotada va Qoytosh t. da 100 donagacha yashaydi. 1960- yillarda Oqtovda 120-150 donasi yashar edi, hozirda bir necha o’n donasi qolgan; Tomditovda o’tmishda 100-120 bosh arxar, hozirgi kunda- 50 tadan ortiq emas. Turkiston t. dagi soni noma'lum, ohirgi aniq bo’lgan uchrashuv 1991 y. qayd qilingan, soni 30-40 dona bo’lgan debbaholagan. Zomin qo’riqxonasi hodimlarining yagona uchrashuvlari haqidagi og’zaki ma'lumotlari mavjud, eng so’ngisi 2009
y. qayd qilingan. 11
Yashash tarzi. Poda bo’lib yashaydi, mavsumiy ko’chadi. Juftlashish davri- oktabr-noyabr, aprel-mayda bolalaydi(1-2); bolalari bir yoshgacha onasidan ajralmaydi, ko’pincha- ikki yoshga, urg’ochilari esa- undan ham ko’proq, 2-4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Asosan o’tsimon o’simliklar bilan oziqlanadi.
11 D.M.Muratov “Umurtqali hayvonlar zoologiyasidan praktikum.’1 Toshkеnt. Ukituvchi 1980 y.
Cheklovchi omillar. Yashash brakonyerlik, arealning uzilganligi.
Ko’paytirish. 1991 yildan boshlab
joylarining o’zlashtirilishi,
Nurota qo’riqxonasining
parvarishxonasida ko’paytiriladi.
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. SITES ning I-Ilovasiga kiritilgan. Mavjud yashash joylari muhofazasi tashkil qilish va parvarishxonalarda ko’paytirish lozim.
Buxoro qo’yi
Ovis vignei Blyth,1841 ssp.bocharensis Nasanov, 191412
Maqomi.1[CR]: Butunlay yo’q bo’lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur. TMXI qizil ro’yxatiga kiritilgan[VII].
Tarqalishi. Ko’xitang, Boysuntov, Hisor, Bobotog’ t. O’zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston. Janubiy
Yevropa, O’rta va G’arbiy Osiyo, Kavkazorti, Pokiston Hundistonda- boshqa kenja turlari.
Yashash joylari. Tog’ dashtlari va siyrak archazorli qismlari(d.s.b 800- 2500 m).
Soni. O’tmishda ayrim yashash joylarida ko’p bo’lgan. Hozirda Ko’xitang t.-70, Boysun va Hisor t.-200 donaga yaqini qolgan.
Yashash tarzi. Poda bo’lib yashaydi, mavsumiy ko’chadi. Juftlashish davri-noyabr-dekabr. Aprel-mayda bolalaydi(1-2). Bolalari
12 N.A. Gaadkov, A.K.Rustamov u Jivotno`е kulturno`x landshaftov” M.-1975.
bir yoshgacha onasidan ajramaydi, 2-4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Asosan o’tsimon o’simliklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Yashash joylarining, ayniqsa tog’ yaylovlarining uzaytirilishi, inson va yirtqichlar( bo’ri, it) tomonidan ta'qib qilinishi, brakonyerlik, arealning uzilishi.
Ko’paytirish. Termiz va Toshkent hayvonot bog’lari, hamda" Jayron" ekomarkazida volyer shroitlarida ko’paytirilmoqda.
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Surxon qo’riqxonasida muhofaza ostiga olingan. SITES-I-ilovasiga kiritilgan. Barcha yashash joylari muhofazasini tashkil qilish, parvarishxonalarda ko’paytirish lozim.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling