TOSHBAQALAR TURKUMI (ЧЕРЕПАХИ) – CHELONIA
5 A.V.Mixееv “ Oprеditеl ptichno`x Prosvеhеnii. 1975.
Toshbaqalar sudralib yuruvchilarning qadimgi guruxi hisoblanadi. Tanasi pishiq qalqon ichida joylashgan. U bo’rtib chiqqan orqa va yassiroq qorin qalqonlariga bo’linadi. Jag’i shox moddadan iborat tumshuq bo’lib, tishi yo’q.
O’zbekistonda bittagina turi – cho’l toshbaqasi (Степная черепаха – Testudo horsfieldi Gray yashaydi. U quruqlik toshbaqalari (Сухопутные черепахи) – Testudo L. urug’iga, bitta nominal oilaga (Testudinidae) va yashirin bo’yinli toshbaqalar (Cryptodira) kenja turkumiga mansubdir.
TANGACHALILAR TURKUMI (ЧЕШУЙЧАТЫЕ) – SQUAMATA
Tangachalilarning terisi shox moddadan tuzilgan tangachalar, qalqonchalar yoki bo’rtmalar bilan qoplangan. Jag’larida tishi bor. O’zbekistonda tangachalilarning 57 turi uchraydi. Ular 2 ta kenja turkumga bo’linadi.
Gekkonlar oilasi (Гекконовые) – Gekkonidae
Gekkonlar mayda kaltakesaklar bo’lib, tanasi bir oz yassi, ko’zlari yiriq; lekin harakatchan qovoqqlari bo’lmaydi. Ko’z qorachig’i, odatda, vertikal joylashgan. Terisi mayda donasimon bo’rtmachalar bilan qoplangan.
8 – rasm. Har xil gekkonlar orqa oyoq barmoqlarning tuzilishi: a – ssinksimon gekkonniki; b – gekkonchaniki;
c – yalang’och barmoqli gekkonniki
ILONLAR KENJA TURKUMI (ЗМЕИ) – SERPENTES
Tanasi uzun, oyoqsiz sudralib yuruvchilar hisoblanadi. Ba’zilarida orqa oyoqlarining tirnoqsimon rudimenti bo’ladi. Ustki va pastki qovoqlari yo’qolib ketgan. Ko’zlari harakatsiz yaltiroq parda bilan qoplangan. Terisi shox tangachalar va qalqonchalar bilan qoplangan. Qalqonchalari tanasining qorin qismida ko’ndalang joylashgan. Ilonlarni aniqlashda tanasidagi tangachalarning soni, boshidagi qalqonchalarning joylashish holati katta ahamiyatga ega (13- 14-rasmlar).
13-rasm. Ilonning boshida qalqonchalarning joylashishi:
a – ustidan ko’rinishi; b – pastdan ko’rinishi; с – yonidan ko’rinishi: 1 – jag’ oralig’i; 2 – burun oralig’i; 3 – peshona oldi; 4 – peshona; 5 – bosh usti; 6 – ko’z usti; 7 – iyak osti; 8 – pastki lab; 9 – qorin; 10 – pastki jag’; 11 – burun; 12 – yonog’i;
13 – ko’z oldi;14 - ko’z orqasi; 15 – birinchi chakka qatori; 16 – ikkinchi chakka qatori;
17 – lab usti; 18 – ko’z osti qalqonchalari.6
6 O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta'lim tugrisidagi konuni” va “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’' Toshkеnt 1997 y.
14-rasm. Ilon tanasidagi tangachalar qatorini sanash.
Do'stlaringiz bilan baham: |