O`rta Osiyo xalqlari tarixini o`rganishda yunon-rim tarixchilari asarlarining o`rni va ahamiyatini o`rganishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
II bob. O`rta Osiyo xalqlari tarixini o`rganishda yunon-rim tarixchilari asarlarining o`rni va ahamiyatini o`rganishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Download 1,6 Mb.
|
gulmira
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH M avzuning dolzarbligi
II bob. O`rta Osiyo xalqlari tarixini o`rganishda yunon-rim tarixchilari asarlarining o`rni va ahamiyatini o`rganishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
2.1. Tarix darslarida pedagogik texnologiyalarning turlari 2.2. O`rta Osiyo xalqlari tarixini o`rganishda yunon-rim tarixchilari asarlarining o`rni mavzusining pedagogik texnologiyalar orqali o`rgatishning afzalliklari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH M avzuning dolzarbligi.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohadagi islohotlar ta’lim tizimida ham yangilanishlar bo`lishini taqozo etmoqda. Ta’lim sohasini isloh qilishga oid davlat siyosati ta ’lim tizim i rivojlanishi strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. O‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to ‘g ‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’limni tubdan isloh qilishda amaliy dastur bo‘ldi. Ta’lim sohasidagi mazkur hujjatlar Respublikada ta’limni rivojlantirish ustuvor soha ekanligi e’tirof etish bilan birga xalq ta’limi sohasining barcha yo‘nalishlarida modernizatsiyalash ishlariga katta yo‘l ochib berdi. Ta’lim islohotlaridan asosiy maqsad - xalqning boy intellektual merosi va umum bashariy qadriyatlar, zam onaviy m adaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, texnologiyalarning yutuqlari asosida shaxsning ma’naviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta ’kidlaganidek: «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g ‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga k o ‘tarilgan nihoyatda m uhim vazifa bo`lib qoldi»1 Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyati, jamiyatning axloqiy va ma’naviy takomiliko‘p jihatdan yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga bog'liq. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi PQ -451-sonli «Milliy g ‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g ‘risida»gi Qarorida ko‘rsatilganidek «Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga, ona-yurtgamuhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg'ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda»2. 1.Karimov I. A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - Т.: O'zbekiston, 1997. - B. 137. 2.O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to'g'risida”gi qarori // Xalq so'zi. 2006 yil 25 avgust. Bu vazifani hal etish uchun oliy ta’lim m uassasalari, jumladan oliy o'quv yurtlari ta ’lim -tarbiya jarayonida xalqimiz tarixi, madaniyati, ma`naviyatiga yangicha qarash, uni bugungi kun nuqtai nazaridan o'rganish, baholash va ulardan talabalarning ma’naviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishda foydalanish maqsadga muvofiq. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, «O'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo 'q»3 Ta'lim -tarbiya tarixi boy ma’naviy merosga ega bo'lib, uni o'rganish va ta ’lim iste’moliga kiritish kadrlar tayyorlash milliy modelida ko'rsatilganidek, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash va rivojlantirishda, ma’naviy sifatlami tarkib toptirishda katta ahamiyat kasb etadi. "Ma’naviyat - insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuchqudratidir. U yo 'q joyda hech qachon baxt-saodat bo'lmaydi. Nafaqat ko'hna tarix balki yangi tarix ham buning k o 'plab m isollarini beradi”4. Buyuk donishmandlar Suqrot, Aristotel, Diogen, Seneka, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy. Nasafiy va boshqalarning fikricha ma’naviylik insonlarning o'zaro munosabatlarida ezgulik, poklik, adolat, mehr-muruvvat, o'zaro yordam va o'zaro tushunish kabi sifatlarning yuzaga kelishida namoyon bo'ladi. «Avesto» va Sharq mutafakkirlarining pedagogik ta’limoti hamda Ma’mun akademiyasi olimlari yaratgan o'lmas asarlar dunyo fani va sivilizatsiyasiga qo'shilgan mislsiz hissadir. Ular orasida Muhammad Muso Xorazmiy (783-850 yy.), Ahmad Farg'oniy (tax. 797-865), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Nasr ibn Iroq (958-1034), Abu Sahl Masihiy (977-1011), Abulxayr ibn Hammor (961-1038), Abu Ali ibn Miskavayx (vaf. 1030), Abu Mansur as-Saolibiy (961-1038), Abu Abdulloh Iloqiy (vaf. 1068), Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vaf. 997) larning asarlari alohida o 'rin tutadi. Ma’mun akademiyasi olimlaridan o'ziga xos ma’naviv-pedagogik meros qolgan. Ularning didaktik asarlarida ifodalangan saxovatlilik, insonparvarlik, halollik, do'stlik, Vatanga muhabbat, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabat, mehnatsevarlik, 3.Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Т.: Ma'naviyat, 2008.- B . 4. 4. Karimov 1. A. O'zbekiston buyuk kelajak sari. - Т.: O'zbekiston, 1998. - B. 62. sabr-qanoatlilik, xushmuomalalik, mardlik, e’tiqodlilik, adolatlilik, sadoqatlilik, jonajon o`lkaga muhabbat, ijodkorlik, zukkolik, poklik, qanoatlilik, to‘g‘rilik hamda boshqa milliy va umuminsoniy sifatlarni har bir yoshning ongiga singdirish ma’naviy ta ’lim -tarbiyaning asosiy talablaridan hisoblanadi. Allomalarning merosi vositasida talabalarning ma’naviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirish muammosi bilan falsafa, adabiyotshunoslik, tarix, inson va jamiyat, etnografiya va boshqa fanlar namoyandalari u yoki bu darajada shug‘ullanib kelmoqdalar. Faylasuf olimlardan I.Mo'minov, J.Tulenov, M.Xayrullaev, M.Mahmudov, S.Shermuhamedov,E.Yusupov, H .Aliqulovlar yuksak shaxs tarbiyasi haqida fikr yuritar ekanlar, insonni m oddiy va m a’naviy taraqqiyotning yaratuvchisi, erkin ijodkor sifatida talqin etadilar. Download 1,6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling