O`rta Osiyo xalqlari tarixini o`rganishda yunon-rim tarixchilari asarlarining o`rni va ahamiyatini o`rganishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Download 1.6 Mb.
bet7/11
Sana25.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1231260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
gulmira

Maqsad: “Mavzularning mazmuni rasmlarda nomayon” usuli —mavzuni o’z fikri va o’z tasavvurini rasm yoki belgilar orqali bayon etishini ta’minlab beruvchi usuldir. Bu usul orqali o’quvchilarni shu fanga nisbatan qizig’ishini uyg’otish, mustaqil fikrlashga va xulosaga kelishini ta’minlaydi.Qolaversa, o’quvchilarning tarix darslarida mavzuni tushuntirish chog’ida eslab qolishi quyin bo’lgan ko’plab uzundan-uzun ismlar,nomlar yoki yillarni eslab qolishga,mustahkamlab olishiga yordam beradi.
«Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulini qo’llash bosqichma-bosqich va ma’lum bir muddat mobaynida amalga oshiriladi.Har bir bosqich mobaynida o’quvchilarning fikrlash doirasi kengayib,shakllanib boradi va so’nggi III-bosqichda o’quvchilar to’liq biror-bir mavzuning mazmunini o’z fikri va o’z tassavvurini rasmlar orqali bayon eta oladi.Ular quyidagi bosqichlardan iborat:

BOSQICHLAR

BOSQICHLAR O’TKAZILISH TARTIBI

II bosqich

„Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulini birinchi marta qo’llashda o’quvchilarda ko’nikma hosil qilish uchun o’qituvchi bir mavzuni olib,shu mavzuning asosiy mazmunini rasm yoki belgilar orqali tasvirlab beradi.(Bu usul haqida to’liq tushunchalar keyingi bosqichlarda berilgan.Shu II va III bosqichlarga tayangan holda o’qituvchi bu usulni qo’llashi kerak)

II bosqich

Bu usul o’quvchilar bilan yakka tartibda amalga oshiriladi.Ya’ni har bir o’quvchiga sinfda o’tilgan mavzuning mazmuni o’z g’oya va tasavvurlarini turli-tuman belgilar va rasmlar orqali bir varaqqa chizib kelish uyga vazifa qilib beriladi. Rasm va belgilar cheklanishlarga ega bo’lmaydi. Mavzuning mazmunini rasmlar orqali aks ettirish chog’ida eslab qolishi qiyin bo’lgan ism,nom yoki yillar,rasm va belgilarga qo’shib yozib qo’yilishi mumkin.Chunki yoddan chiqadigan uzunroq ism,yil rasm yoki belgiga chizib qo’yilsa,o’z fikrini tushuntirish chog’ida yoddan ko’tarilganda yuqoridagi yozib qo’ygan ism,nom va yilga qarab yodga solishi va o’z fikrini davom ettirish mumkin.Keyingi darsda o’quvchilardan birma-bir bu rasmlar orqali nimani aks ettirgani so’ralib,fikrlari tinglanadi va chizib kelgan rasm yoki belgilari qanchalik mavzuning mazmunini keltirib chiqarayotganligi o’quvchilar bilan tahlil qilinib,xulosa va shu o’quvchiga yo’nalish beriladi. Bunday yakka tartibda bu usuldan foydalanish natijasida, fikrlash doirasi kengayib boradi va keyingi III bosqichdagi guruhlar bilan bu usuldan foydalanishiga zamin hozirlanadi. Ya’ni bizga ma’lumki guruhlar bilan ishlanganda ayrim past o’zlashtiruvchi o’quvchilar o’z fikrlarini bayon etmasligi mumkin.Buning oldini olish maqsadida bu usul har-bir o’quvchidan alohida-alohida so’raladi va hamma o’quvchini faolroq qatnashishini ta’minlaydi. Yakka tartibda bu usuldan 5-6 dars mobaynida foydalaniladi. So’ngra III bosqichdagi „Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon” usulining guruhlar bilan ishlash tartibidan foydalaniladi.


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling