O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi


Download 339.5 Kb.
bet15/18
Sana23.12.2022
Hajmi339.5 Kb.
#1047834
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2,2 mezolit neolit (Lotincha)

Qadimi tepa. Bu yodgorlik Joytun singari neolit davriga mansubdir. Qadimi tepa Ashxobod viloyatining Qaaxqa rayonidagi Chaach qishlog‘idan 7 km janubda joylashgan. Bu yodgorlikda 100 m2 joy ochilgan. Undan o‘choqlari bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakli uy va xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan xonalar topilgan. Uylarning devorlari paxsadan ko‘tarilgan bo‘lib, ularning poli ohaklangan, ularda qizil oxra izlari xam uchraydi. Ularning poli hatto ganch bilan suvalgan. Madaniy qatlamlardan o‘roq-randa, retushli parrak, hovoncha va uning dastasi, bigiz, yorma tosh, odam va hayvon haykalchalari va boshqa buyumlar topilgan. Qadimi tepa yaqinidagi CHag‘illi tepadan ham donga ishlov beradigan har xil tosh qurollar topilgan. Qadimi tepaning 3 xonasidan tosh qurollar bilan birga qo‘lda yasab pishirilgan sopol idishlar va ularning parchalari topilgan. Qadimi tepadagi 2 xonadan ham sopol idishlarning parchalari, uchrindilar, nukleuslar, teshgichlar, o‘roq qadamalari, qirg‘ich, bigiz, tosh pichoq, hovoncha dastasi va boshqa narsalar topilgan.
Shuningdek Qadimi tepadan yana loydan, sopoldan ishlangan shaxmat donasini eslatuvchi buyum, suyak igna, so‘zan, ohakli marmardan tayyorlangan taqinchoqlar ham topilgan. Qadimi tepadan kosalar, tog‘orachalar ham topilib, uning bezaklari Joytundan topilgan idishlar bezagiga o‘xshab ketadi. Qadimi tepadan topilgan shaxmat toshlari, sopol buyumlar, tosh qurollar va boshqalar o‘z xarakteri jihatidan Joytun, Cho pontepa, Pamajtepa, To‘g‘oloqtepa, Shanidar B-1 va Yaqin Sharqdagi boshqa joylardan topilgan buyumlarga o‘xshaydi. SHu jihatdan Qadimi tepa yodgorligi neolit davriga mansub bo‘lib, Joytun madaniyatining o‘rta bosqichiga to‘g‘ri keladi.
Uy-joy, topilgan buyumlarning xususiyatiga qarab, qadimi tepaliklar o‘troq hayot kechirib, ilk dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar, chorva boqqanlar, degan xulosaga kelish mumkin. Shunday qilib, Turkmanistonning janubidagi Joytun, Qadimi tepa, To‘g‘oloqtepa kabi yodgorliklar O‘rta Osiyodagi eng qadimiy ilk dehqonchilik madaniyatining dastlabki markazlaridan biri hisoblanadi.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling