O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda miloddan avvalgi XII-VI mingyilliklarni o‘z ichiga oladi


Download 339.5 Kb.
bet12/18
Sana23.12.2022
Hajmi339.5 Kb.
#1047834
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
2,2 mezolit neolit (Lotincha)

Ustyurtdagi neolit yodgorliklari. Shimoli-g‘arbiy Ustyurtdagi Jayron quduq va Aydabol qudug‘i atroflaridan mezolitga mansub makonlar bilan birga neolit davri yodgorliklari ham topilgan.
Aydabol neolit makonlari. Aydabol makonlari Aydabol qudug‘i va undan 6 km uzoqlikdagi yerlarda joylashgan. Aydabol neolit yodgorliklariga Aydabol 1, 5, 7, 13, 17, 19, 23, 24, 26 kabi joy-makonlar kiradi. Aydabol neolit davri makonlaridan uchrindi, nukleus va tosh chiqindilaridan tashqari, ikkinchi marta ishlov berilgan retushli siniqlar, parraklar, teshgich yoki parmalar, qirg‘ichlar, qirg‘ichli siniqlar, ikki tomoniga ishlov berilgan va bargsimon o‘q uchlari -poykonlar, pichoqsimon parraklar, retushli va retushsiz parraklar va boshqa qurollar topilgan. Ayni vaqtda qo‘lda yasalgan sopol idishning parchalari ham uchraydi. Mazkur makonlardan topilgan tosh qurollar va sopol buyumlar neolit davriga, miloddan avvalgi VI-III mingyilliklarga mansub bo‘lishi mumkin, deb qaralmoqda.
Jayronquduq neolit davri makonlari. Jayronquduq II neolit makonlari Jayronquduq I mezolit makoni yaqinida joylashgan. U yerdan nukleuslar, pichoqsimon parraklar, qirg‘ich va boshqa turli qurollar topilgan. Jayronquduq III makoni Jayronquduq II makonidan ancha sharqroqda joylashgan. U erdan uchrindilar, nukleuslar, tosh parchalari, retushsiz parraklar, retushli pichoqsimon parraklar, qirg‘ichlar, kamon o‘qlarining uchlari - poykonlar topilgan. Ammo Jayronquduqdan sopol idishlarning parchalari topilmagan. Jayronquduq I-III makonlaridan topilgan tosh qurollar Aydabol neolit davri makonlaridan topilgan qurollarga juda o‘xshab ketadi. Shu ma’noda Jayronquduq II-III makonlaridan topilgan tosh qurollarni neolit davriga, miloddan avvalgi IV-III mingyillikka mansub, deyish mumkin. Lekin arxeologlar Ustyurt neolit makonlarini ikki davrga bo’ladilar. Dastlabkisi IV mingyillikka, keyingisi esa III mingyillikka mansubdir.
Mazkur makonlardan baliq va yovvoyi hayvon suyaklari topilgan. Demak, Ustyurtning shimoli-g‘arbiy rayonlarida yashagan neolit davri qabilalari baliqchilik, ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanganlar.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling