O’rta osiyodagi so’ngi poleolet davri,iptidoiy manzilgohlar xaritasini tuzish
Download 1.46 Mb.
|
Jumaniyazova Dildora Songi Poleolet davri
Daraxt mevalari, don va ildiz mevali o‘simliklarni ham terib terib ovqat sifatida ishlatganlar. Baliqchilikning ham dastlabki kurtaklari paydo bo‘lgan. Bu davrda ov va mehnat qurollarining turi ko‘paygan. Tosh qurollari ishlash uslubi o‘zgargan. Bunga esa tosh qurollarini yasash texnikasidagi yangilik sabab bo‘lgan. Yorma texnika usuli ilk bosqichda keng qo‘llanilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda retushlash usuli ixtiro qilingan. Bu qurollar turini ko‘paytiribgina qolmay, ularning mayda, ya’ni ixchamlashtirishga olib kelgan. Retushlash deganda chaqmoqtosh qurolni suyakdan yasalgan ingichka va uzun tayoq bilan bir necha ming marta urib yupqa tosh paraqalar uchirib, kerakli formaga keltirish tuchuniladi. Bu usul juda murakkab bo‘lib, salgina ehtiyotsizlik qilinsa, qurol sinib ketgan. Retushlangan nukleuslar to‘g‘ri pichoqsimon shaklga kirgan va yupqalashgan. Pichoqlar paydo bo‘lgan. Bu davrda eng muhim mehnat qurollari tosh kesgich va tosh qirg‘ich bo‘lgan. Tosh kesgich qattiq materiallarni ishlashda foydalanilgan. Tosh qirg‘ich uzunchoq parrakcha bo‘lib, bir uchi yoysimon tig‘ bo‘lgan, muste davridagi qirg‘ichdan ancha farq qilgan, undan yumshoq materiallarni ishlashda foydalanganlar. Asosiy ov quroli chaqmoqtoshdan yasalgan nayza bo‘lgan.
Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling