O’rta umumta’lim maktablarida fizikaning o’quv mashg’ulotlarini tadqiq qilish shakllari
Download 32.3 Kb.
|
Soxib
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim vositalari
- SEMINAR MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI.
- О‘qituvchi Talaba
SEMINAR MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI.
1. O’rta umumta’lim maktablarida fizika ta’limini maqsadi vazifalari. 2.O’rta ta’lim maktablarida fizikani o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish. 3. Fizika o’qitishda laboratoriya mashg’ulotlarining o’rni va ahamiyati K I R I SH. Mamlakatimizda ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ni bosqichma-bosqich va muvaffaqiyatli amalga oshirish ko’p jihatdan o’qituvchi faoliyati, uning kasbiy nufuzini oshirish bilan bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga uning yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatiga bog’liqdir. O’qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini bajaradi, har tomonlama yetuk mutaxasislarni tayyorlashda o’qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Shunday ekan, o’qituvchi mustaqillik g’oyasiga e’tiqodli, har tomonlama ilmiy tafakkurga ega, kasbiga tegishli ma’lumoti bor, ya’ni o’z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik, psixologik va uslubiy bilim hamda malakalarni egallagan bo’lishi va turli pedagogik masalalarni tezda yechishi, har-xil vaziyatlarni sezishi, o’rganishi va baholay olishi kerak. U pedagogic ta’sir ko’rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ham ega bo’lishi lozim. Hamma sohada bo’lgani kabi fizika fanini o’qitishda ham o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, tizimli va mustahkam bilim berish, mantiqiy fikrlash va ijodiy qobilyatni rivojlantirishda maktabda fizika o’qitish uslubining ro’li yanada oshdi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” masala yechishning va laboratoriya ishlari, praktikum mashg’ulotlarini dolzarbligini yanada oshirdi. Maktab, kollej, akademik litseylarda fizika kursining alohida bo’limlari bo’yicha darslar uyushtirish va o’tkazishda o’quv materialini tizimga solish, o’qitish jarayonini maqbul usul va yo’llar bilan boyitish, maktab o’quvchilariga nazariy asoslangan va tajribada isbotlangan fizika o’qitishni havola etish shu kunning eng dolzarb masalasidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 1997-yil 29-avgustda O’zbekiston Oliy majlisining IX sessiyasida so’zlagan nutqida bu masalaga o’z munosabatini bildirib, yo’l qo’yilgan kamchiliklarga alohida e’tibor berdi. Asosiy masalalar zamon talab qilayotgan butunlay yangi tarkibdagi va yagona uslubdagi o’rta umumta’lim, o’rta maxsus ta’lim va oliy o’quv yurtlari islohotini o’tkazishdan iboratdir. Shu sababli ham oliy majlisning IX sessiyasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinib, unda ta’lim sohasida tub o’zgarishlar qilish vazifasi qo’yildi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” fizika o’qitish uslubiyoti oldiga qator muammolarni qo’ydi: 1. O’rta umumta’lim va o’rta maxsus ta’lim soxalarida ta’lim mazmunini aniqlashtirish; 2. Mazmunan yangi va mukammal, eksperimental va barqaror dasturlarni yaratish; 3. Fizika tushunchalarini shakllantirishning psixologik-didaktik asoslarini ishlab chiqish; 4. Fizika o’qitishning eksperimental asoslarini qayta o’rganib chiqish va takomillashtirish; 5. O’quv jarayonida zamonaviy texnik kompyuter jihozlaridan foydalanish yo’llarini ishlab chiqish; 6. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning zamonaviy usullarini qo’llash, uning me’yorlarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish kabi muammolar qo’yildi. Download 32.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling