O‘rta va o‘rta maxsus ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida talabalarning umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘tkazadigan pedagogik amaliyoti alohida o‘rin tutadi


Download 203.26 Kb.
bet16/36
Sana24.12.2022
Hajmi203.26 Kb.
#1054063
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ 2 курс

DARS TAHLILI
Dars: ________________________________________________________________________
O‘qituvchi: ___________________________________________________________________
Sinf: _________________________________________________________________________
Kun: _________________________________________________________________________
O‘tkazilgan joy: _______________________________________________________________
Mavzu: ______________________________________________________________________
Darsni boshlanishi:
Dars vaqtida boshlandi. O‘qituvchining dars ishlanmasi – rejasi mavjud. Dars o‘tishi uchun sport jihozlari bor. Navbatchi o‘quvchi sinfdagi ____ ta o‘quvchidan 2 tasi ( ___ ) sababli, 2 tasi (___) sababsiz darsga qatnashmayotganligini, qolgan o‘quvlar darsga tayyor ekanligini fan o‘qituvchisiga bildirdi.
Fan o‘qituvchisi _________________ o‘quvchilar bilan salomlashib dars mavzusini e’lon qildi va o‘quvchilarga mavzu yuzasidan uch – to‘rt daqiqa nazariy tushuncha berdi. Shundan keyin u, patok usulida saf mashqlarini bajartirdi va maydon atrofida talabalarni yugurtirdi.
Darsning tayyorlov qismida: __________________ mavzudan kelib chiqib umumrivojlntiruvchi mashqlarni to‘g‘ri tanlagan. Mashqlarni bajartirish jarayonida rahbar o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan ba’zi kamchiliklarni metodik jixatdan o‘z vaqtida to‘g‘rilab bordi. Mashqlarning davomiyligi yetarlicha bajartirildi.
Darsni asosiy qismida: oldingi darsning davomi sifatida basketbol to‘pini ikki qo‘llab xalqaga tashlash mashqini bajartirishga kirishdi. Mashqlarni bajarishga kirishishdan oldin o‘qituvchi guruhni ikkiga bo‘ldi va to‘plarni taqsimladi, onaboshilarni aniqladi. Shundan keyin talabalar o‘qituvchi buyrug‘iga binoan mashqlarni bajara boshladilar. __________________ asosiy qismda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida darsni to‘xtatmasdan to‘g‘rilab bordi. O‘quvchilar oldingi darslarni to‘g‘ri o‘zlashtirganligi sababli kamchiliklarni tezda tuzatib oldilar. Mashqlar shug‘ullanuvchilarga dastlab yaqin, so‘ngra o‘rta va uzoq masofadan, dastlab joyidan, so‘ngra xarakatda bajartirildi. U hujum texnikasini o‘rgatish jarayonida darsda faol ishtirok etadigan, basketbol o‘yini texnikasini yaxshi o‘zlashtirgan talabalardan yordamchilar sifatida foydalandi. Mashg‘ulotda talabalar hujum texnikasini samarali o‘zlashtirishga harakat qiladilar, buning sababi keyingi darslarda rejaga asosan ikki tomonlama basketbol o‘yini o‘tkazilganda natijaga erishish uchun hujum texnikasini o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.
O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish, sport jihozlarini sonini ko‘paytirish, to‘g‘ri buyruq berish, kamchiliklarni darsni to‘xtatmay to‘g‘rilash natijasida darsni zichligiga erishildi.
Mashqlarni o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi _________ ko‘rgazmali metodlardan (obrazli, ko‘rsatmali, so‘zlab berish metodidan (tushuntirish, ko‘rsatish), shuningdek mashq metodlaridan (standart, variativ, o‘yin, musobaqa) maqsadga muvofiq foydalandi.
Darsda yuklanishning xajmi, uning shiddati o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligiga mos keladi.
Darsning yakunlovchi qismda o‘qituvchi _____________________ shug‘ullanuvchilar yurak urushini dastlabki holatga olib kelish uchun ularni basketbol maydoni bo‘ylab ma’lum masofaga yugurtirdi, chuqur nafas olish va nafas mashqlarini bir necha bor bajartirdi, diqqatni jamlaydigan bir qator mashqlar turkumini berdi.
Dars davomida o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aytib o‘tildi, erishilgan yutuqlar ko‘rsatib o‘tildi va mustaqil ta’lim sifatida uyga vazifa berildi.
Kamchiliklar: Basketbol to‘pi xar ikki talabaga bitta emas, ikki dona basketbol xalqasi darsni zichligini ta’minlab bermaydi.
Uslubiy tavsiyalar: Dars samaradorligi va zichligini ta’minlashga yordam beruvchi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi __________ ning _____ sinfida “________________” mavzusida o‘tgan darsi “qoniqarli” deb topildi.
___________________ _______________________________

Download 203.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling