MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA (M.a.t.) yuksak ma’naviy-axloqiy
fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiya jarayoni. Ma’naviyat tarbiyaning
eng ta’sirchan quroli va ayni paytda uning natijasi. Axloq ma’naviyatning o‘zagi.
Axloq bu avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, imon, halollik degani. Qadimgi
ajdodlarimiz komil inson tarbiyasi haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini,
zamonaviy tilda aytsak, Sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. M.a.t.da axloq
bilan ma’naviyat mezonlariga asoslanib, insonda ma’naviyat hamda axloqni
shakllantirish va rivojlantirish, takomillashtirish uchun ta’sirni kuchaytirishga e’tibor
qilinadi.
NUTQ- bu til deb ataluvchi, o‘ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan
foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda
vaziyat kabi hodisalar bilan muhim munosabatda nomoyon bo‘lishidir. Nutq jarayoni
- tilning o‘z vazifasini bajarish hamda amalga oshirish jarayonidir.
MUNOZARA- biror masala yuzasidan taraflarning bahsini, tortiShuvini
anglatadi. Baho jarayonida har bir ishtirokchi o‘zining haq ekanligini isbotlashga
intiladi. Munozarada so‘zlanadigan nutq mavzu mazmunini ochuvchi dalillarga
hayajonli, tinglovchilarni qiziqtiradigan va muhokamaga tortiladigan bo‘lishi lozim.
Munozarada notiq o‘zini vazmin tutadi. Suhbatdoshini hurmat qiladi. Uning shaxsiga
tegadigan so‘zlardan foydalanmaydi.
MUOMALA MADANIYATI -insonlar, xalqlar, millat va elatlar, qavmlar
orasida o‘zaro ma’naviy aloqa, salomlashuv, so‘zlashuv, kelishuv va boshqa insoniy
munosabatlardir. Muhim aloqa vositasi-M.m. ikki yoki undan ortiq kishilarning
o‘zaro suhbatini, munosabatini ko‘rsatuvchi omil. M.m. nafaqat kishilar orasidagi
aloqa vositasi, balki shu bilan birga dunyoning, olamning ma’naviy instrumenti
hamdir. Sizning qanday Shaxs ekaningizni, o‘zaro muloqotda o‘z ifodasini topadi.
227
Do'stlaringiz bilan baham: |