Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- KAMTARLIK
OHANG - suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va so‘zning gramatik qurilishi hali yetarli emas, bu yerda gaplashish ohangi va intonatsiya muhim rol o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni, hissiyotni aks ettiradi. So‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang ma’lum darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Yani suhbatdoshimizning tarbiyali yoki tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Yurish – turish vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, so‘zlashish ohangi ham shunchalik ahamiyatga ega. Bitta so‘z yoki iboraning o‘zi qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga har xil ta’sir yetishi mumkin. Ko‘pincha aytilgan so‘z emas, balki haqoratomuz ohang kishini ranjitadi. Ohangizning chiroyligi yoki ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda og‘ir yoki yengil kayfiyat uyg‘otasiz. Ifodalanayotgan so‘zlarning ma’nosi umuman tinglovchilarga hech qanday ta’sir bermaydi. U suhbatdoshingizning javob berish imkoniyatini yaxshilash darajasida bo‘lsa bas. Haqiqiy ma’lumot so‘z ohangizdadir. BAHS – shaxslar o‘rtasidagi u yoki bu mavzudagi tortiShuvi hisoblanadi. Bahs qoidasi: hatto juda qulay vaziyatlarda ham odamlarni fikrini o‘zgartirish juda qiyin masaladir. Agar o‘z qarashlaringizni boshqa birovga o‘tkazishni istasangiz, uning fikrini hurmat qiling. Hech qachon odamga uning nohaqligini aytmang. Xato qilish ehtimolini o‘zingizda bo‘lishiga ham e’tibor bering. Bu barcha turdagi bahslarga yakun yasaydi hamda sizdagi bu fikrlashdagi haqqoniyligini o‘zida ham yaratishga harakat qiladi. Shu bilan hamsuhbatingizni o‘zi ham siz kabi nohaq bo‘lishini tan olishiga imkon beradi. KASBIY ODOB - jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or- nomus, qadr-qimmat kabi hatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Odob (arab. adab so‘zining ko‘pligi) – jamiyatda e’tirof etilgan xulq normasi. Shaxs ma’naviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va o‘zgalar b-n munosabat (oila, mehnat jamoasi, turli marosimlar)da namoyon bo‘ladi. Odob negizida axloqning ba’zi tamoyil va me’yorlari, Shuningdek, maqsadga muvofiqlik va go‘zallik (estetika) talablari yotadi. Odob kishining jamoat orasida o‘zini qanday tutishi, odamlar b-n qay yo‘sinda muomala qilishi, o‘z turmushi, bo‘sh vaqtini qanday tashkil yetishi, inson tashqi qiyofasi qanday bo‘lishi lozimligiga tegishli qoidalar (masalan, sharm-hayo, kamtarlik, xushmuomalalik kabilar)ni o‘z ichiga oladi. KAMTARLIK – avvalo, o‘z–o‘ziga talabchanlik, o‘z harakatlariga, ishiga, bilimiga tanqidiy qarash, o‘ziga, kuch – quvvatiga ortiqcha baho bermaslikdir. 226 Kamtarlik kishilarga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Inson odobli bo‘lsa, u kishilar bilan Shunchalik sodda kamtarona muomala qiladi, o‘z ishlariga va harakatlariga kamtarlik bilan baho beradi. Boshqalarga nisbatan shirinsuxan bo‘ladi. Kamtar inson boshqalardan o‘zini ustun qo‘ymaydi, o‘ziga bino qo‘yib, soxta shuxrat ketidan quvmaydi, yutuqlardan esankiramaydi. Kamtarlik - tortinchoqlik va haddan tashqari andishalilikdan farq qiladi. Ular orqasidan inson o‘z qadr– qimmatini tushirib qo‘yish mumkin. Kamtarlik tabiiylikdan kelib chiqadi. U kishilarga bo‘lgan munosabatda ham yaqqol ko‘rinadi. Kamtarlik inson ichki ma’naviy dunyosining tashqi ifodasi hisoblanadi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling