Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
DIPLOMATIK MARTABA - O‘zbekiston Respublikasi Diplomatik vakolatxonalari va Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining diplomatik martabalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Diplomatik vakolatxonalarning boshliqlariga, elchixonalar, missiyalar va konsulliklarning diplomatik xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga quyidagi diplomatik martabalar beriladi: - Favqulodda va Muxtor Elchi - Birinchi darajali favqulodda va Muxtor vakil - Ikkinchi darajali favqulodda va Muxtor vakil - Birinchi darajali maslahatchi - Ikkinchi darajali maslahatchi - Birinchi darajali birinchi kotib - Ikkinchi darajali birinchi kotib - Birinchi darajali ikkinchi kotib - Ikkinchi darajali ikkinchi kotib - Uchinchi kotib - Attashe Diplomatik martabalar elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar va konsulliklar huzuridagi doimiy vakolatxonalar, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga ijobiy attestatsiyaga, oliy ma’lumotga 233 ega bo‘lingan taqdirda, ularning malakasiga, egallab turgan lavozimiga hamda ish stajiga muvofiq, shuningdek malaka unvonlarini va boshqa farqlovchi belgilarini hisobga olgan holda tadrijiy tartibda beriladi. QABUL - kimdir yoki nimadir uchun nishonlanadigan yig‘ilish qabul deb ataladi. Qabul – odamlar, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi muloqot shaklidir. Uning sabablari va sababchilarining darajasiga qarab qabul rasmiy va norasmiy qabullarga ajratiladi. Chet el vakillari uchun yoki ularning ishtirokida tashkil qilinadigan qabullar odatda diplomatik qabul deb atashadi. Bu qabullarning turli usullari mavjud. «Shampan bokali» - qabuli milliy bayram yuzasidan, delegatsiya sharafiga, elchining kyetishi va h.k.da uyushtiriladi. Qabulda mehmonlarga shampan vinosi, qovurilgan yong‘oqlar, shokolad, ba’zida esa mayda pirojniylar tarqatiladi. «Vino bokali» qabulida mehmonlarga vino, turli kanape, tartaletkalar, mevalar tortiladi. «Jurfiks» fransuzchadan olingan aniq vaqt deb tarjima qilinadigan qabulda ma’lum bir paytda va kunda qish yoki kuz fasli davomida o‘tkaziladi. «Jurfiks» tipiga qarab odatda simpozium, konferensiyalar o‘rtasidagi tanaffusda xizmat ko‘rsatiladi. Mehmonlarga gazaklar, sharbat, suv va issiq ichimliklar tarqatiladi. «Barbekyu» nomli qabulda esa yoz paytlarida, ochiq havoda (odatda yakshanba kunlari) o‘tkaziladi. Mehmonlarga aylanma sixda qovurilgan go‘sht, vino va salqin ichimliklar tortiladi. Bu qabul odatda 12 – 13 soatlarda o‘tkaziladi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling