Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
OILANING MUSTAHKAMLIGI – oiladagi tinchlik, xotirjamlik, bir- biriga
bo‘lgan samimiy munosabat hisoblanadi. U oila a’zolarining axloqiy tarbiyasiga ham bog‘liq. Xalqimizda bejiz “Sog‘lom turmush tarzi mustahkam oilaning garovidir” debaytilmagan. Sog‘lom turmush tarzi deganda biz nafaqat oiladagi er va xotinning bir – biriga bo‘lgan munosabati balki, ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, poklik, halollik, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, kabi axloqiy me’yorlarga amal qilgan holda urf – odatlarga asoslangan, zamonaviy oiladagi iqlimni tushunamiz. Bunday iqlimda tarbiya topgan bola ma’naviy va axloqan yetuk inson bo‘lib shakllanadi. SAMIMIYLIK- “boshqalar gapini tinglaydigan, hamfikr bo‘la oladigan, xabardor” degan ma’noni anglatadi. Samimiylik to‘g‘riligiga o‘zi ishongan, bu haqda o‘ziga va boshqalarga iqror bo‘la oladigan narsalarni qiladigan odamning ma’naviy ijobiy sifati. Samimiy, samimiyat bilan ish tutuvchi, muomala qiluvchi, sidqidillik bilan chin qalbdan qilingan, dildan chiqqan. Samimiyat kishilarga qalban xayrixohlik, pokdillik, samimiylik, sidqidillik. Samimiylik insondagi eng yaxshi xislat, oliy insoniy fazilatlardan biri bo‘lib, axloqning muhim me’yorlaridan hisoblanadi. DASTURXON - taom iste’mol qila boshlanibdiki dasturxon bor. Dasturxon aziz, muqaddas, rizq – ro’z manbai sifatida ko‘zga surtilgan. Dasturxon odobi, taom yemak qonun – qoidalari ham xalqimizda azaldan mavjud. Uydami, mehmondami, kuniga uch – to‘rt mahal dasturxon yoziladi. Dasturxonlar ham joyi, odami, mavsumi, ma’rakasi, xonasiga qarab, katta – kichik, rang – barang, odmi – ohorli bo‘lishi mumkin. Dasturxon – taomi bilan ulug‘. Dasturxon ustiga odatda birinchi bo‘lib non qo‘yiladi. O‘zbeklar tandir nonni ko‘proq iste’mol qilishadi, u dasturxonga juft qo‘yiladi. Dasturxon etiketi ham qadimiy bo‘lib, kishidan muayyan an’analarni yaxshi bilishni talab qiladi. Dasturxonga hamma qo‘lini yuvib keladi. Dasturxon yozilganda nonni, taomni birinchi bo‘lib oilaning kattasi boshlab beradi. Dasturxon atrofida chiroyli gaplarni gapirib o‘tirish kerak. Dasturxon did bilan yasatilgan va o‘tiradigan joy qulay bo‘lsagina ovqatdan lazzat topasiz. Yozilgan dasturxon doimo ozoda bo‘lishi kerak. Dog‘li dasturxon ishtahani bo‘g‘adi. Dasturxonga idish – tovoqlarni qo‘yishda ularning rangi dasturxon rangiga mos tushishiga ham e’tibor bering. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling