Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
OSHXONA JIHOZLARI - taomlar xilma-xilligiga qarab asosiy oshxona jihozlari turlicha bo‘lishi mumkin. Stolda albatta, umumiy taomlardan olinadigan ovqatlarni servirovka uchun mo‘ljallangan jihozlaridan tashqari oshxona jihozlari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: Alohida qoshiqlar, sanchqilar, qisqichlar. Ovqat 236 vaqtida foydalaniladigan asboblar pichoq, sanchqi, qoshiq va boshqalardan eng ko‘p ishlatiladigani pichoq, sanchqi, sho‘rva qoshig‘ti, disert qoshiq va choy qoshig‘idir. SALFETKA - salfetka – shak-shubhasiz stol servirovkasidir. Axir ularsiz stoldagi ozodalik hamda batartiblikni ushlab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, yaxshi dazmollangan, chiroylik taxlangan sochiqlar hatto stolga ziynat qo‘shadi. Sochiqlarning o‘rashning turli usullar mavjud, lekin biz qo‘limiz kamroq tegishi mumkin bo‘lgan va yozilganda g‘ijim ko‘rinish kasb etmagan, oddiy hamda qulay usulubni ko‘proq tavsiya etamiz. Stolni nonushtaga yoki tushlikka tayorlashda, odatda salfetkalarni to‘rtga bo‘lib, uchburchak shaklida yarmidan buklab, so‘ng ruletga o‘xshab o‘raladi, bu esa unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi, tantanali kechki ovqat yoki tushlikka esa nisbatan murakkabroq taxlashlar – yelkan, qalpoqcha, sham va b. shakllarda o‘raladi. O‘ralgan sochiqlarni har bir mehmonning gazak uchun mo‘ljallangan kosasiga qo‘yib chiqiladi. Sochiqlarni qog‘oz salfetkalar bilan almashtirish mumkin. RAHBAR - (f. «yo‘lboshchi – sardor, yetakchi») – jamiyat, davlat, tashkilotga doimiy va hal qiluvchi ta’sirga ega bo‘lgan shaxs. Rahbar ishning ko‘zini biladigan, jamoa, soha manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yuritadigan boshqaruv xodimidir. Rahbarlik aql-farosat, kuch-g‘ayrat, izlanish va topqirlikni, o‘z ustida tinmay ishlashni, tadbirkorlikni talab qiladi. Rahbar tushunchasining quyidagi jihatlari ahamiyatlidir: 1. Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik b-n ish yurituvchi shaxs. 2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini belgilaydi. 3. Rahbar o‘z sohasiga yangi g‘oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi. 4. Rahbar mehnati, ayni vaqtda, tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyatdir. Unga sarflangan kuch, mablag‘ ba’zan vaqtincha foyda emas, zarar keltirishi, muassasa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan ko‘ra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bo‘lganda, faoliyatini qayta boshlashi, o‘zida bunga kuch-g‘ayrat topa bilishi lozim. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling