Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
OILA - tarixan tarkib topgan o‘ziga xos va mos ijtimoiy guruh bo‘lib, uning a’zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o‘zaro huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog‘langandir. Oila nikoh zaminida vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi munosabatlarning jamiyat tomonidan tan olingan, ma’qullangan ifodasi hisoblanadi. Jamiyat nikoh vositasida erkak va ayol orasida tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi. Oila tufayli er-xotin, ota-ona va farzandlar orasida axloqiy, huquqiy munosabatlar qaror topadi. Oila va jamiyatning mavjud bo‘lishi hamda rivojlanishining birinchi va asosiy sharti oziq- ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ishlab chiqarish hisoblansa, ikkinchisi kishilarning yangi avlodni bunyodga keltirishdan iboratdir. OILA MADANIYATI – jamiyatning muhim ijtimoiy instituti bo‘lgan oilaning to‘laqonli va mukammal faoliyat yuritishi uchun uning a’zolari (er va xotin, ota-ona va farzandlar) o‘rtasida birgalikda hayot kechirish va zarur munosabatlar o‘rnatish ko‘nikmalarining majmuasi. Oila madaniyati - Oilaning tarbiya muhiti sifatidagi xususiyati, uning o‘ziga xosligi va tamoyilan muhimligi, undagi munosabatlarning bevositaligi va mustahkamligini umumiy muhitning emotsionalligi bilan uyg‘unlikda ekanligi bilan sharhlanadi. Faqat oilada farzandlar kattalardan malaka, bilimlarni o‘zlashtiradilar, kattalar esa o‘z hayotlarida bosib o‘tgan yo‘llarini farzandlari orqali qayta barpo etadilar. Oilaviy muhit o‘ziga xos, unikal bo‘lib, uning har bir a’zosi yangi avlodda mustahkam va barqaror sog‘lom oilani barpo yetishga mas’uldir. OILADA FARZAND TARBIYASI - oila baxti, farzandlarning tarbiyali yetuk inson bo‘lib yetishidagi ota–onaning sa’y-harakati hisoblanadi. Oiladagi farzand tarbiyasi uning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi. Demak, bola oilada jamiyatning qiyofasini ko‘radi, bo‘lajak fuqaroning tabiati, dunyoqarashi va axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi hamda shunga ko‘ra kamol topib boradi. Axloqiy tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling