231
HAY’ATLAR (DELEGATSIYALAR) TASHRIFI - mehmonni qabul qilish
hamma xalqlarda oddiy hollarda ham alohida e’tibor bilan o‘z o‘rniga qo‘yiladi.
Xalqaro munosabatlar darajasida esa mehmonga bo‘lgan e’tibor jiddiy tusga kiradi.
Bu holat tashrif darajasi, maqsadi va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Bu bilan rasmiy
hay’atlarga ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibor belgilanadi. Hay’at rahbariga
ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tiborning asosiy sharti u egallab turgan lavozim bilan
belgilanadi. Masalan, davlat yoki hukumat rahbariga alohida e’tibor,
tashqi ishlar
vaziri yoki harbiy vazirga alohida, tegishli tashkilotning departament rahbari yoki
boshqa lavozimdagi shaxsga alohida e’tibor shartlari belgilangan.
Kutib olinuvchi mehmonning egallab turgan
lavozimidan kelib chiqib, kutib
oluvchi mutasaddilar, uchrashuv ssenariysi va tashrif tashkiloti bilan bog‘liq
boshqa
masalalar belgilanadi. Yuqorida qayd etilgan masalalarning barchasi oldindan, tashrif
amalga oshirilishidan ilgari ishlab chiqiladi va yuqori darajadagi tashriflarni
tayyorlash vaqtida mehmon tomon bilan kelishib olinadi. Tashriflar o‘z
klassifikatsiyasi bo‘yicha bir necha turlarga bo‘linadi. Ular: oliy darajada tashkil
etiladigan davlat va rasmiy tashriflari, «Sammitlar», amaliy va norasmiy tashriflar.
DIPLOMATIK
YOZISHMALAR
-
diplomatik
hujjatlarga
davlat
arboblarining nutqdari, notalar, maktublar va memorandumlar kiradi.
Ularda
davlatning xalqaro miqyosdagi muammolarga munosabati va hukumatning ularga
nisbatan tutgan mavqei bayon qilinadi. Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarda biror-bir
davlatni tan olish va diplomatik aloqalarni o‘rnatish, aktual xalqaro muammolarni hal
yetish bo‘yicha takliflar, davlat suverenitetini yoki xalqaro huquq prinsiplarini buzish
harakatlariga qarshiliklar kabi ma’lumotlar bayon qilingan bo‘lishi mumkin. Xalqaro
diplomatik amaliyotda quyidagi hujjat turlari yuritiladi:
shaxsiy notalar, eslatma
yozuvlari, memorandumlar, shaxsiy yarimrasmiy xatlar.
Shaxsiy nota birinchi shaxs
nomidai tuzilib, ikki tomonni qiziqtiruvchi biror-bir hodisa haqidagi ma’lumotga ega
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: