Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
TASHRIF – sizga bo‘lgan iliq munosabatni anglatadi. Sizni taklif qilishsayu
siz bormasangiz, bu hurmatsizlkidir. Kechki ovqatdan voz kechishning eng oxirgi 
muddati – ikki kun avval, ammo keltirgan sababingiz jiddiy bo‘lishi lozim. Bunga 
yo‘l qo‘ygan taqdiringizda imkon qadar tezroq og‘zaki ravishda uzr so‘rashni 
unutmang. Mehmondorchilikda ko‘p bo‘lib, ammo javoban o‘zi ham mehmonga 
chaqirmaslik odobga to‘g‘ri kelmaydi. Agar o‘z uyingizda mehmon qabul qilishga 
sharoitingiz bo‘lmasa, uning boshqa yo‘llarini qidirib ko‘rish mumkin, masalan, 
qahvaxona, restoran, teatr, agar mashinangiz bo‘lsa – shahardan tashqaridagi sayrga 
taklif qilish mumkin.
 
XALQARO ETIKET - xalqaro etiketning asosiy xususiyatlari uning 
universalligidadir. Turli mamlakatlar vakillarining, siyosiy qarashlar va turli dinlarga 
e’tiqodning, milliy an’analar va psixologiyaning, turli hayot tarzi va 
madaniyatlarning bevosita muloqotlari xalqaro etiketning asosini tashkil etadi. Har 
bir millatning ehtirom qoidalari bu milliy urf~odatlar va xalqaro etiketning murakkab 
uyg‘unligidir. Bugungi kunda zamonaviy xalqaro etiket barcha mamlakatlar va o‘tib 
ketgan avlod-ajdodlar madaniyatining eng qimmatbaho qismini o‘zlashtirib 
kelmoqda. Uning rivojlanib borish jarayoni davomida u turli mamlakatlar vakillari 
muloqoti orqali xalqlarda mavjud eng yaxshi ehtirom normalarini mujassam qilgan 
holda boyitilib bormoqda. Har bir mamlakat o‘z etiket tamoyillariga ega va ular 
xalqaro etiketning ajralmas qismi hisoblanadi. 
 
RASMIY QABULLAR - davlat rahbarlari o‘rtasida rasmiy munosabatlarni 
keng tarqalgan va umumiy qabul qilingan shakllaridan biri rasmiy qabullarni 
o‘tkazishdir. Qabullarni tashkil yetish odati bizga o‘tmishdan kelgan bo‘lib, 
tinchlikparvarlik, yaxshilik belgisi hisoblangan. Mehmondo‘stlik esa, Shu kunga 
qadar davlatning sha’ni, xalqning to‘kin-sochinlik ko‘rsatkichi bo‘lib kelmoqda. 
Rasmiy qabul marosimlarida mehmonning an’anaviy taomlarining tortilishi mehmon 
davlatga bo‘lgan alohida hurmat-e’tibordan dalolat beradi. Hozirgi kunda xalqaro 
amaliyotda hamma ishtirokchilar uchun bajarilishi shart bo‘lgan va o‘z etiketiga xos 
bo‘lgan bir nechta rasmiy qabullarning turi mavjud. Diplomatik qabullar chog‘ida 
suhbat olib boriladi, aniq belgilanmagan muzokaralar, tanishuv va boshqa tadbirlar 
amalga oshiriladi. Ishtirokchilar bir-birlarining o‘zaro aloqasi, yig‘ilish xarakteri
yoshiga qarab, bir—birlarini to‘liq ism-shariflarini aytib o‘tishlari yoki faqatgina 
familiyalarini aytish bilan chegaralanadilar. Diplomatik uchrashuv yoki diplomatik 
qabulning xarakteri o‘zaro muloqotning me’yori va shaklini, salomlashish darajasini 
belgilaydi. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling