Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
CHEKISH - ko‘chada, kinodan, teatrdan chiqqanda, sayr paytida chekishi mumkin. Birovning uyida uy egasi sigaret taklif qilgan taqdirdagina ruxsat so‘rab chekish mumkin. Har qanday kashandani yonida o‘z sigaretasi bo‘lishi lozim. Ayol erkakka gugurt tutmaydi. Bizga olov yoqmoqchi bo‘lgan odamning qo‘lidan gugurt yoki zajigalka olinmaydi. Kim birinchi gugurt yoki zajigalka yondirgan bo‘lsa, o‘sha boshqalarga ham olov tutadi. Olov uzatayotganimizda, og‘zimizdagi sigaretni qo‘limiz olamiz va kuldonga qo‘yib turamiz. Kulni faqat kuldonga tashlang! Na idishga, na gazonga, na batareyalar tiriqishiga va na yasatilgan vazalarga tashlamang. Agar kuldon bo‘lmasa, olib kelishlarini iltimos qiling. Cho‘g‘i bor sigaretni mebelda qoldirmang. Og‘izda sigaret bilan salomlashish yoki gaplashish yaramaydi. Hattoki tasodifan ham sigaret tutunini ham yoningizdagiga burqsitib yubormang. SHAXSNING AXLOQIY MADANIYATI- individ tomonidan axloqiy ong orqali jamiyat madaniyatini idrok yetish darajasi; axloq talablari inson hatti- harakatlari jamiyatning shakllantiruvchi ta’siri ostida qay darajada chuqur va uyg‘un ekanligi ko‘rsatkichidir. Turli omillar ta’siri ostida: hayotiy tajriba va tarbiya; bilim va san’at shaxs jamiyatning axloqiy madaniyati yutuqlarini turli darajada o‘z ongi va hatti-harakatlarida jamlaydi. Sh.a.m. murakkab dastur bo‘lib, o‘z ichiga insoniyatning Shunday tajribasini oladiki, unga ko‘ra inson an’anaviy vaziyatlarda axloqan ish yuritadi, hamda ongning ijodiy elementlarini –axloqiy aql, intuitsiyani ham o‘z ichiga oladi va ular yordamida muammoli vaziyatlarda axloqiy qarorlar qabul qila oladi. HAYO – shaxsning axloqiy o‘zini-o‘zi anglashi ko‘rinishlaridan biri; hayo tuyg‘usida insonning o‘z hatti-harakatlarini, axloqiy sifatlari va motivlarini anglashi tushuniladi. Inson o‘z hatti-harakatlarining axloqqa zid ekanligini mustaqil ravishda yoki bo‘lmasa atrofdagilarning qoralashi natijasida anglab yetishi mumkin. Hayo vijdon bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Vijdonsiz odamlarda hayo bo‘lmaydi. Shu bilan birga, hayoning vijdondan farq qiluvchi jihatlari ham mavjud. Hayo qo‘proq tashqi 240 muhit bilan bog‘liq bo‘ladi. Hayo tuyg‘usi insonning o‘z hatti-harakatlarini boshqalar nuqati nazaridan baholashi bilan bog‘liq bo‘ladi. Hayo tuyg‘usi ma’naviyatli va ma’naviy yuksak insonlarga xos axloqiy fazilatdir. OHANG- so‘z va gapning libosi bo‘lib, bu til va nutq birliklari qanday ifoda etilishiga ko‘ra, uning ma’nolari ham o‘zgarib turadi. Shuning uchun ham “gap so‘zda emas, ohangda, qaysi so‘zning qanday talaffuz etilishida”- deydi taniqli so‘zshunos V.G.Belinskiy. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling