Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Xizmat telefonidan foydalanganda nimadan tiyilgan ma’qul


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Xizmat telefonidan foydalanganda nimadan tiyilgan ma’qul: 
1. Go‘shakni uzoq vaqt ko‘tarmaslik. 
2. Suhbatni boshlaganda «ha», «salom» yoki «gapiring» deb so‘z boshlash.
3. «Sizga yordam beraymi?» deb so‘rash 
4. Ikki suhbatni baravar olib borish. 
5. Telefonni ma’lum muddat nazoratsiz qoldirish. 
6. Ma’lumotlarni yozib yuborishida bir parcha qog‘oz yo taqvim qog‘ozidan 
foydalanish. 
7. Go‘shakni bir necha bor birovga uzatish. 
8. «Hamma ovqatlanyapti», «hech kim yo‘q», «qayta qo‘ng‘iroq qilib 
yuboring» degan tushunchalarni qo‘llash. 
9. Ko‘proq inkor yoki raddiyani anglatuvchi so‘zlardan foydalanish. 
Nima qilish kerak: 
1. Telefon qo‘ng‘irog‘ining to‘rtinchi signaligacha go‘shakni olish. 
2. Salomlashish va o‘zini tanishtirish. 
3. «Xizmat?!» deb so‘rash. 
4. Suhbatda fikrni jamlab diqqat bilan tinglash. 
5. Agar detallarni aniqlashtirish uchun vaqt kerak bo‘lsa, qayta qo‘ng‘iroq qilib 
yuborishni so‘rash. 
6. Telefon suhbatlari uchun blankalardan foydalanish. 
7. Qo‘ng‘iroq qilgan odamning telefon raqamini olib qolish. 
8. Ma’lumotni yozib olib mijozga qayta qo‘ng‘iroq qilishingizga va’da berish. 
 
Bu ro‘yxatni oxiri ko‘rinmasligi mumkin. Masalan: 
1. Suhbatni so‘roqqa tutishga almashtirib yuborish yaramaydi: «Kimsiz? Nega? 
Nima kerak?» 
2. O‘z ohangizni to‘g‘irlash kerak. Imkon boricha adabiy tilda so‘zlashga 
harakat qilish, so‘zlarni aniq talaffuz yetish lozim. 
3. Kasbdoshlarga biror narsa deyish uchun go‘shak mikrofonini qo‘l bilan 
berkitishga odatlanmaslik lozim, eshitib qolishi mumkin. 
Agar sizning sherigingiz yoki mijozingiz telefon orqali shikoyat qila boshlasa
«Bu mening aybim emas», «Men bunday ishlar bilan Shug‘ullanmayman», 
«Bizning tovarlar hech qachon o‘z sifatini yo‘qotmaydi» va h. k deb javob 


86 
bermaslik ma’qul. Bunday gaplar firmaning obro‘siga putur yetkazadi va mijozning 
muammosiga yordam berishni istamasligingizni ko‘rsatib qo‘yadi. Shuning uchun
oxirigacha so‘zni tugallashga imkon berish loizm; hamdardlik bildirish mumkin, agar 
aybingiz bo‘lsa uzr so‘rash; uning ismi va telefon raqamini, buyurtma raqamini yoki 
boshqa ma’lumotlarni yozib olgan ma’qul. Agar qayta qo‘ng‘iroq qilishga va’da 
bergan bo‘lsangiz, garchi aytilgan vaqtga muammoni hal qilishga ulgurmagan 
bo‘lsangiz ham qo‘ng‘iroq qilish kerak. Masalan: butunlay hal bo‘lgach, mijoz o‘zini 
sizni oldingizda qarzdor bo‘lib qolishini doimo yodda tuting. Buni esa biznes aloqalar 
va uning taraqqiyoti uchun qo‘llash mumkin. Shunday tushunchalar mavjudki, ularni 
telefonda firmaning nufuzini tushirmaslik uchun qo‘llash nojoiz.

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling