Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Tashrifnomalar (vizit kartochkalari)
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Tashrifnomalar (vizit kartochkalari) Kelib berilgan tashrifnomalarning o‘ng burchagi uning egasi tomonidan bukib qo‘yiladi. Bu shaxsiy tashrif ma’nosini anglatadi. Yuborilgan tashrifnomalarning burchagi esa bukilmaydi. Olingan va qabul qilingan tashrifnomalarga 24 soat ichida javob berish qabul qilingan. Tashrifnomalarning kesmasi tilla rangda bo‘lishi tavsiya qilinmaydi. Ularning yozuvi qora rangda bo‘lishi joiz. Tashrifnomalar shaxsiy guvohnoma o‘rnini egallaydi. Ular odatda ingliz tili yoki yashab, xizmat qilinayotgan davlatning rasmiy tilida chop etiladi. Tashrifnomalar ism, familiya, lavozim, ish manzili va telefon raqami kabi ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadi. Tashrifnomalarni boshqa kishiga bera turib ovoz chiqarib ismi-sharifini aytib, o‘zini tanishtirish lozim. Er-xotinning tashrifnomasida ularning faqat ism va familiyalari yozilishi lozim, bu hollarda ularning ish lavozimlari ko‘rsatilmaydi. Odatda bu turdaga tashrifnomalar asosan ayollarga beriladi. Dunyoning ko‘p mamlakatlarida otasining ismi degan ibora keng tarqalmagani sababli rus tilida tayyorlangan tashrifnomalarda ham otasining ismi ko‘rsatilmaydi. Tashrifnomalarning pastdagi chap burchagida qalam bilan quyidagi ma’nolarni anglatuvchi yozuvlar belgilanishi mumkin: r.£. Tabriknoma r.r. Tashakkurnoma r.s. Ta’ziyanoma p.p. Masofadan turib tanishtirish r.f.s. Tanishuvdan mamnun bo‘lish r.r.s. Shaxsiy tashrif o‘rniga (kyetish safari arafasida) 120 r.f.n.a Yangi yil munosabati bilan tabriknoma Diplomatik bayonnoma (protokol) “Diplomatik bayonnoma” – Davlatlararo hamkorlikda munosabatlarning asosiy qoidalari, jumladan suverenitetni hurmat qilish, tenglik, erkinlik, hududiy barqarorlik, bir-birini ichki ishlariga aralashmaslik kabi talablarga rioya qilmasdan turib to‘laqonli kelishuvni amalga oshirolmagan bo‘lar edilar. Bunday talablarni bajarish uchun bu boradaga tajribadan tashqari ma’lum bir dasturamal ham lozim. Bunday dasturamal diplomat (muzokara) bayonnomasi deyiladi. Ushbu bayonnoma davlatning vujudga kelishidan tortib, hozirgi davrgacha bo‘lgan o‘zaro hamkorlik munosabatlarining qayta ishlangan, yillar davomida tahrir va tajribadan o‘tgan, zamonaviy talablarni ham o‘z ichiga qamrab olgan qoidalar majmuidir. «Diplomatik lug‘at» diplomat bayonnomasida to‘g‘risida aniqroq tushuncha bera oladi: Diplomatik bayonnoma – xalqaro munosabatlarda rasmiy shaxslar, vakillar, hukumatlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan umumqabul qilingan an’ana, tartib, rasm-rusmlar qoidasining majmuidir. Muzokara bayonnomasining mohiyati o‘zaro munosabatlarida davlatlarning kelishuvlarini axloqiy madaniyat doirasida kechishi – ya’ni davlatlarning kelishuvlarini chiroyli tarzda – axloqiy me’yorlardan chiqmagan holda olib borishdan iboratdir. Aslida, bayonnoma hujjatlarni to‘g‘ri shaklga solish, arxivlashtirish uchun qo‘llangan. Davrlar oshib, u muzokara uchun qo‘llanilgan bu bayonnoma turi keng doirada mazmunan shakllanib, tantana va muzokara etiketi sifatida ham qo‘llanila boshlandi. Hozirgi davrga kelib muzokaralar bayonnomasi zamonaviy talablarga asosan, siyosiy hamda huquqiy o‘zgarishlar kiritgan holda ilmiy va texnikaviy taraqqiyot ta’sirida boshqacha tusga ega bo‘lib bormoqda. Ammo bu o‘zgarishlar asossiz xususiyatga ega bo‘lgan, biron bir davlat miqyosidagi tamoyillar emas, balki tajribaviy asosga ega bo‘lib, jahon miqyosida umumqabul qilingan qoidalardir. Rasman esa muzokara bayonnomasi 1814 yillarda Vena kongressi tomonidan tasdiqlangan. Muzokara bayonnomasi o‘zida etiket va tantanaviylikni mujassam etgan. Muzokara bayonnomasining asosiy qismi bo‘lmish muzokara etiketi – davlat vakillarining o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘luvchi go‘zal xulq va o‘zini chiroyli tutishdir. Muzokara etiketining qoidalari muzokarachi vakilning tashqi kiyinishidan tortib, to imo-ishora hatti-harakat odoblarigacha qamrab olgan. 121 Muzokara etiketida muomala, muorajaat muzokaraning har xil ko‘rinishlarida – yozma, uchrashuv, qabul va tashrifga qarab tavsiflangan. Zero, davlat arbobi boshqa davlat vakilidan bo‘lgan har qanday muzokara turlariga munosib javob berishi, ularni ko‘rib chiqishi shart. Xat yoki taklifga javob bermaslikni o‘zi o‘ta odobsizlik sanaladi. Bunda samimiylik va hozirjavoblik katta ahamiyat kasb etadi. Muloqotdagi arzimas e’tiborsizlik ham sherikni garchi bunda davlatni aybi bo‘lmasa ham, (vakilning xatosi bo‘lsa ham) qarorini o‘zgartirishi mumkin, u yoki bu davlatga nisbatan munosabatni salbiy tomonga o‘girishi, muzokarani chigallashtirishga olib kelishi tabiiy. Umuman olganda, muzokara etiketining bir qancha qat’iy qoidalari mavjud. Ular quyidagicha: Salomlashish va ko‘rishishda ismi bilan murojaat qilish. Bu nafaqat uni hurmat qilishingizni, balki o‘zingizga nisbatan ham shunday hurmat bilan qarashingizni anglatadi. Nigoh muhim ahamiyatga egadir. Samimiyatni ko‘rsatish uchun suhbatdoshini ko‘zlariga qarash lozim. Salomlashuvda turish shart. O‘tirib ko‘rishilmaydi. Yosh va jinsning ahamiyati yo‘q. Tabassum va shirinsuxanlik har qanday vaziyatga ob’yektiv yondoshishga olib keladi. Ismingizni aytib ko‘rishing. Birinchi marta ko‘rib turgan bo‘lsangiz ismi- sharifingizni aytib o‘zingizni bir yo‘la tanishtiring. Agar avval ham uchrashganizga gumoningiz bo‘lsa, ismingizni aytganingiz ma’qul – bu sherigingizni noqulay vaziyatga tushib qolishini oldini oladi. Ko‘rishganda qo‘l berib ko‘rishish kerak. Bunda qo‘lni haddan ziyod qisib yuborish yaramaydi. Shasht bilan uzatilgan qo‘l munosabatni yanada mustahkamlaydi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling