Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Rasmiy qabullar 
Davlat rahbarlari o‘rtasida rasmiy munosabatlarni keng tarqalgan va umumiy 
qabul qilingan shakllaridan biri rasmiy qabullarni o‘tkazishdir. 
Qabullarni tashkil yetish odati bizga o‘tmishdan kelgan bo‘lib, tinchlikparvarlik, 
yaxshilik belgisi hisoblangan. Mehmondo‘stlik esa, shu kunga qadar davlatning 
sha’ni, xalqning to‘kin-sochinlik ko‘rsatkichi bo‘lib kelmoqda. Rasmiy qabul 
marosimlarida mehmonning an’anaviy taomlarining tortilishi mehmon davlatga 
bo‘lgan alohida hurmat-e’tibordan dalolat beradi. 


115 
Hozirgi kunda xalqaro amaliyotda hamma ishtirokchilar uchun bajarilishi shart 
bo‘lgan va o‘z etiketiga xos bo‘lgan bir nechta rasmiy qabullarning turi mavjud. 
Diplomatik qabullar chog‘ida suhbat olib boriladi, aniq belgilanmagan 
muzokaralar, tanishuv va boshqa tadbirlar amalga oshiriladi. 
Ishtirokchilar bir-birlarining o‘zaro aloqasi, yig‘ilish xarakteri, yoshiga qarab, 
bir-birlarini to‘liq ism-shariflarini aytib o‘tishlari yoki faqatgina familiyalarini aytish 
bilan chegaralanadilar. 
Diplomatik uchrashuv yoki diplomatik qabulning xarakteri o‘zaro muloqotning 
me’yori va shaklini, salomlashish darajasini belgilaydi. 
Bir uchrashuv butunlay norasmiy, boshqasi – yarim rasmiy, uchinchisi esa – 
protokol tomonidan oldindan belgilangan tarzda o‘tkaziladi. Etiket aiiq va bir xil 
tavsiyalarni ko‘zlamaydi. 
Diplomatik etiketga ko‘ra, asosiy muomala sharti qabul turi bilan bog‘likdir. 
Xulq-atvorning asosiy sharti diplomatik etiketga binoan qabul marosimi bilan 
bog‘liqdir. 
Qabul marosimlari diplomatik korpus vakillari o‘rtasida hamda rasmiy hukumat 
vakillarining xorijiy vakillar bilan aloqalarini o‘rnatish va ularni rivojlantirishga 
qaratilgan. 
Qabul marosimlari biror-bir voqeani nishonlash uchun, masalan, mamlakatga 
davlat yoki hukumat rahbari tashrifi yoki bayram va yubiley sanalari munosabati 
bilan, taniqli Shahslarga hurmat belgisi sifatida, biror-bir hujjatlarni imzolash 
sharafiga o‘tkaziladi.
Qabullarning quyidagi turlari mavjud: «Shampan vinosi bokali» yoki «Vino 
bokali» qabullari keng tarqalgan. Qabulning bu turi odatda peshinda boshlanib bir-bir 
yarim soat davom etadi. Bunday qabul turi oddiyligi bilan ajralib, shartlilik 
cheklangan. Bunday qabullarda murakkab muzokaralar olib borish mumkin emas. 
Ushbu turdagi qabullar odatda insonlarni bir-biriga tanishtirish yoki keyingi 
uchrashuvlarni belgilash uchun xizmat qiladi. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling