Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


111 
8-MAVZU. DIPLOMATIK ETIKET 
 
Diplomatik etiket – bu diplomatlar va boshqa rasmiy shahslarning bir-biri bilan 
diplomatik tadbirlarda bo‘ladigan muloqotlari chog‘ida amal qiladigan yaxshi 
xulqlarining qoidalaridir.
Diplomatik etiket shakllanish jarayonida umumiy etiket qoidalariga tayanadi, 
Shu bilan birga diplomatik normalar va qoidalar biznes etiketi amaliyotida va 
umumiy etiket qoidalarida o‘z aksini topadi. Ushbu qoidalarni buzilishiga yo‘l 
qo‘yish mumkin emas, oddiy takallufning munosabatlarda qo‘llanmasligi diplomatik 
etiketda hurmatsizlikka tenglashtiriladi va xalqaro va millatlararo ziddiyatlarni 
keltirib chiqarishga qodir. 
Etiket qoidalariga ayniqsa, diplomatlar tomonidan rioya qilinishiga katta e’tibor 
qaratiladi, chunki bu qoidalarning buzilishi yoki bajarilmasligi mamlakat yoki uning 
rasmiy vakillari nufuziga putur yetkazishi va buning natijasida mamlakatlar 
o‘rtasidagi aloqalarning buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Diplomatik etiket turli-tumandir. U o‘z ichiga uchrashuvlar, o‘zaro salom 
almashish, tabrik yo‘llash, qabul marosimlarini o‘tkazish, tashriflarni amalga 
oshirish, suhbat va muzokaralar olib borish etiketi va diplomatik seremonialni 
qamrab oladi. 
Diplomatiya — bu o‘zaro kelishuvlar, bitim va konvensiyalar tuzish san’atidir. 
Ushbu natijalarga uchrashuvlarning muvaffaqiyatli yakunida erishiladi. 
Diplomatik uchrashuvlar o‘zining belgilangan reglamenti, etiketi va ko‘pincha 
o‘z protokoli bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababi shundan iboratki, diplomatik 
uchrashuvlarning qatnashchilari diplomatiya kabi nozik faoliyatning asosini tashkil 
etuvchi subordinatsiya qoidalari va professional cheklanishlarga qat’iy rioya qiladilar. 
Uchrashuvlar o‘zaro salom almashish bilan boshlanadi. Salomlashish turlari har 
xil bo‘ladi. Xorijiy mamlakatlarda uzoq safarda bo‘lgan kishi bu mamlakatning milliy 
udum va qonun-qoidalarini o‘z mamlakati urf-odatlari bilan taqqoslaydi. Misol 
uchun, shuni ta’kidlash lozimki, musulmonlar uchun shariat qonunlariga binoan ayol 
va erkak kishining qo‘llari, agar ular qarindosh bo‘lmasa, hatto bir-biriga tegib 
kyetishi ham qat’iyan man etiladi. 
Biror-bir kishi sharafiga qabul marosimini tashkil etayotgan paytda yoki uni 
mehmonga taklif etayotgan hollarda, mehmon qaysi dinga e’tiqod qilishini bilish 
zarurdir. Islom dini qoidalariga ko‘ra spirtli ichimliklarni iste’mol qilish qat’iyan man 
etiladi. Hindulik dini qoidalariga asosan esa taomlar vegetarian turida bo‘lib, zinxor 
mol go‘shtidan tayyorlanmagan bo‘lishi lozim. 
Diplomatik salom almashish qoidalari umumqabul qilingan salom almashish 
qoidalaridan deyarli farq qilmaydi. 


112 
Avval tanishtirilishi kerak bo‘lgan kishining ismi-sharifi aytiladi, so‘ngra kimga 
tanishtirilayotgan bo‘lsa, uning ismi-sharifi. Kichik yoshli kishini katta yoshli 
kishiga, erkak kishini ayol kishiga, lavozim jihatidan past kishini lavozimi jihatidan 
baland kishiga tanishtiriladi. 
Tanishtirilayotgan kishi, agar erkak kishi bo‘lsa, boshini biroz egib ta’zim 
qiladi, ayol kishi esa boshini biroz egib qo‘yish bilan kifoyalanadi. 
Agar ayol kishi uni qiziqtirayotgan kishi bilan tanishish niyatida bo‘lsa, u 
ikkalasiga tanish bo‘lgan kishini tanishtirish haqida iltimos qilishi mumkin. 
Ikkalasiga tanish bo‘lgan kishi, ularning qiziqish doirasidan kelib chiqqan holda, 
suhbat qurishga yordam beradi. 
O‘tirgan holda boshni egib ta’zim qilish deyarli noqulay bo‘lgani uchun erkak 
kishi tanishayotgan paytda o‘rnidan turishi lozim. Ayol kishi esa aksincha, o‘z 
o‘rnidan turmasligi lozim. Ayol kishiga yoshi undan katta ayol tanishtirilayotgan 
bo‘lsa yoki u tanishtirilayotgan kishi haqida o‘zining alohida fikrini izhor qilmoqchi 
bo‘lgan hollar istisnoni tashkil etadi. Ushbu hollarda u o‘rnidan turib salomlashish 
uchun qo‘l uzatishi mumkin. 
Erkak kishi bilan tanishayotgan hollarda ayol kishi agar o‘zi uchun bu narsani 
o‘rinli deb topsa, salomlashish uchun qo‘l uzatadi, aks hollarda boshini biroz egib 
salomlashish bilan kifoyalanadi. Qolgan hollarda yoshi kattaroq bo‘lgan kishi 
salomlashish uchun qo‘lini birinchi uzatadi. 
Xonaga kirib kelayotgan kishi birinchi bo‘lib yig‘ilganlar bilan salomlashadi. 
Birinchi bo‘lib ketayotgan kishi yig‘ilganlar bilan hayrlashadi. 
Biror-bir kishini boshqalarga tanishtirayotgan paytda nafaqat uning to‘liq ismi-
sharifini aytish bilan cheklanish kerak, balki bu shahsga xos fazilatlar haqida 
qisqacha gapirib o‘tilsa, suhbat davom yetishi uchun zamin ham yaratiladi va yangi 
tanishganlarning fikr almashishi biroz osonlashadi. 
Agar diplomatik qabul marosimida yoshi va lavozimi teng bo‘lgan ikki kishini 
tanishtirish kerak bo‘lsa, yaqinroq turgan yoki nisbatan tanish bo‘lgan kishini birinchi 
tanishtirish lozim. Agar tanishtirilayotganlar ichida biri mashhur kishi bo‘lsa, unga 
ikkinchisini tanishtirish bilan chegaralanib qolish mumkin. 
Amaliy yoki protokol uchrashuvlari (ehtirom yuzasidan tanishuv yoki 
hayrlaShuv uchrashuvlari) davomida suhbat olib boriladi. Suhbat ko‘p vaziyatlardan 
kelib chiqib, reglamentga buysunmaydi. Ammo uchrashuvga tashrif buyuruvchilar 
ham, ularni qabul qiluvchilar ham o‘zlari uchun taalluqli bo‘lgan ba’zi bir qoidalarni 
e’tiborga olishlari darkor. Chunonchi, ehtirom yoki protokol tashrifi uncha uzoq 
emas, ya’ni 20, ko‘pi bilan 30 daqiqadan oshmasligi zarur. 
Diplomatik seremonial (tantana marosimlari) xilma-xil, murakkab, nozik 
tomonlari mavjud bo‘lgan seremonial hisoblanadi. 


113 
Diplomatik protokol talablarining rivojlanishi urf-odatlar, davlatchilik va 
umumqabul qilingan xulq-atvor qoidalarini o‘zida aks ettiradi.

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling