Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Kiyim va mehmonning tashqi ko‘rinishi
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
Kiyim va mehmonning tashqi ko‘rinishi Rasmiy qabul marosimi taklif etilgan mehmonning tashqi ko‘rinishi muhim rol o‘ynaydigan tantanali marosimlar turiga kiradi. Qadim zamonlardan bugungi kungacha qabul marosimlarida kiyiladigan kiyimlarni tanlashning qoidalariga qatiy amal qilish urf-odati saqlanib kelmoqda. Ushbu qoidalarga rioya qilish zaruriyligi hamon zamon talabidir. Erkak kishilarning kiyimi konservativ ekanligi, qat’iy cheklanganligi bugungi kunda ham o‘z dolzarbligani yo‘qotmagan. Rasmiy tadbirlar uchun erkak kishilarga smoking, frak yoki klassik kostyum kiyish tavsiya etiladi. Smoking va frak — bugungi kunda kechki kostyumlarning turi bo‘lib, dunyo protokol tajribasida yanada keng foydalanilib kelinmoqda. Frak majburiy bo‘lgan hollarda, rasmiy taklifnomalarda «oq galstuk» deb belgilanadi. Oxirgi paytlarda bu libos kam kiyiladi (Frakni erkaklar asosan Nobel mukofoti bilan taqdirlash tantanali tadbirlarida, Qirol va Podshohlarning saroy qabullarida, La Skala premera spektakllarida, ba’zi mamlakatlarda ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarida kiyadilar). Klassik frak uchun oq kamzul va oq «kapalak-bo‘yinbog‘» kerak bo‘ladi. (qora «kapalak-bo‘yinbog‘» va frak faqat ofitsiantlar yoki orkestr musiqachilari tomonidan kiyiladi). Frak kiyganda qo‘l soati taqilmaydi. Erkaklar paypoqlarinipg rangi kostyum rangidan to‘qroq bo‘lishi kerak va bu, o‘z navbatida, kostyum va oyoq kiyim rangining uyg‘unlashishini ta’minlaydi. Taklifnomada «qora bo‘yinbog‘» deb belgilansa, smoking kiyish majburiy hisoblanadi. Smoking pidjaki bir yoki ikki bortli bo‘lib, tik yoqali yoki keng yoqa, astari shoyi matodan tikilgan bo‘ladi. Shimlarning ikki chekkasiga shoyi kant tikiladi. Klassik smoking qora rangda bo‘ladi. Smoking ichidan oq kraxmallangan tik yoqali, old qismi «plisse»dan iborat, engi «zaponka» taqiladigan ikki maijetli ko‘ylak kiyiladi. «Kapalak bo‘yinbog‘» qora yoki to‘q ko‘k rangda bo‘ladi. Shim belbog‘i ham to‘q rangda bo‘lishi kerak. Ko‘krak cho‘ntagiga oq shoyi matodan tikilgan dastro‘molcha solib qo‘yiladi. Erkaklar paypoqlari shoyi matodan va qora rangda bo‘lishi kerak. Kora lakli botinkalar faqat smoking bilan birga kiyiladi. Davlat rahbari va uning rafiqasi nomidan o‘tkaziladigan rasmiy qabul marosimlarida protokol tajribasiga ko‘ra klassik kostyum kiyiladi. Kostyumga bo‘lgan talablar oddiydir: kostyum yaxshi bichilgan va sifatli matodan tikilgan, bosiq rangda bo‘lishi kerak. Rasmiy kostyum bir rangda bo‘lishi lozim. 114 Kechki tadbirlar uchun to‘q ko‘k yoki to‘q kul rangdagi kostyum nihoyatda mos keladi (u bilinar-bilinmas yo‘l-yo‘l bo‘lishi ham mumkin). Qora rangdagi kostyum kiyish maqsadga muvofiq emas. Soat 20.00. dan ilgari boshlanadigan tadbirlarga och rangdagi kostyumlarni kiyish mumkin. Ko‘ylak va galstuk kechki kiyimning ajralmas qismi hisoblanadi. Barcha rasmiy tadbirlarga erkaklarga oq ko‘ylak va bosiq ranglardagi galstuk tavsiya etiladi. Germaniyada erkaklar odatda «dvoyka» – ikki kiyimlik kostyumlar kiyadi, ularning rangi to‘q ko‘k yoki to‘q kul rang bo‘lishi mumkin. Ayollar kiyimi erkaklarnikiga nisbatan hamisha tikilish turi va rangiga bo‘lgan talablarga ko‘ra ko‘proq erkinlikka ega bo‘lib kelgan. Erkaklar kiyimidan farqli o‘laroq, ayollar kiyimiga cheklashlar kiritish nisbatan qiyin, lekin shuni esda tutish lozimki, ayollar rasmiy kiyimining asosini klassik shakllar va ranglar tashkil yetishi kerak. Ayollar kiyimi davr va moda talablari bilan hamnafas bo‘lishi darkor. Kunduzgi qabul marosimlariga (agar taklifnomada kiyim borasida maxsus yo‘riqnomalar mavjud bo‘lmasa) ayollar oddiy uzunlikdagi ko‘ylak yoki ko‘ylak- kostyum kiyishlari mumkin. Kechki qabullarga (agar taklifnomada kiyim borasida maxsus yo‘riqnoma mavjud bo‘lmasa) kechki-bayramona, oddiy uzunlikdagi ko‘ylaklar yoki ko‘ylak-kostyumlar kiyish mumkin. Tushlik yoki kechki qabullarga berilgan taklifnomada «kechki libos» deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu tavsiyaga rioya qilish maqsadga muvofiq. Ayollarning kechki liboslari ikki xil: o‘rtacha uzunlikda (yerdan 15-20sm balandlikda) va uzun (yergacha) bo‘ladi. Oxirgi paytlarda uzun ko‘ylaklar kam kiyilmoqda. Kunduzgi qabullar va «kokteyl» yoki «furshet» qabullariga qulay poshnali oddiy tufli kiyiladi. Kechki bayramona ko‘ylaklarga yuqori poshnali zamsh, parcha, oltin yoki kumush rangli charmdan qilingan tuflilar kiyiladi. Kechki ko‘ylakka mos qilib shoyi qo‘lqop kiyish mumkin. Agar ko‘ylak yenglari uzun bo‘lsa, qo‘lqop kiyilmaydi. Zebu ziynatlarga kelganda, ko‘p mamlakatlarda kunduzgi qabullarga bijuteriya, kechqurungilariga esa asl qimmatbaho zebu ziynatlarni taqish odat tusiga kirgan. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling