Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Ikkinchi. Rahbar har bir ishda adolatpesha bo‘lsin. Uchinchi
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sakkizinchi.
- Birinchi toifa
Ikkinchi. Rahbar har bir ishda adolatpesha bo‘lsin.
Uchinchi. Rahbar qoida-nizomlarga itoat qilsin. To‘rtinchi. Rahbar o‘z qarorida qat’i bo‘lsin. Beshinchi. Rahbar o‘z qarorining bajarilishini ta’minlasin. Oltinchi. Rahbar o‘z vazifasini o‘zgaga topshirmasin. Ettinchi. Rahbar o‘z faoliyatida har kimning so‘zini eshitib, fikr olsin. Sakkizinchi. Rahbar masalalarni hal yetishda o‘z fikriga ega bo‘lsin. To‘qqizinchi. Rahbarnizoning faoliyatidan qoniqsin. O‘ninchi. Rahbar o‘z so‘zi va qarorida qat’i tursin. O‘n birinchi. Rahbar o‘z vazifasini ado yetishda ta’maga yo‘l qo‘ymasin. O‘n ikkinchi. Rahbar sergak bo‘lsin” 26 . Amir Temurning rahbar shahslar to‘g‘risidagi bu qarashlari 600 yil o‘tib ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bilan e’tiborlidir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham o‘z tajribasidan kelib chiqib, rahbar Shahslarni quyidagi toifalarga bo‘ladi: 1. Birinchi toifa – amal kursisini yaxshi ko‘ruvchilar, ularni zamona shamoliga qarab turuvchilar deb atash mumkin. 2. Ikkinchi toifa – kuzatib turuvchilar. Bundaylar kim g‘olib bo‘lsa, Shu tomonga og‘adilar. 3. Uchinchi toifa – zamon talablarini anglab yetgan kishilar. Afsuski, bundaylar oz 27 . Bu ikki fikrni uyg‘un kelishiga sabab, Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning iste’dodli dahosidan dalolatdir. Chunki, professor A.Kovalyov uzoq ilmiy izlanishlardan keyin rahbar Shahslarni uch tipga bo‘lgan bo‘lsa, I.Karimov amaliy tajribadan kelib chiqib, Shunday fikrga keladi. Demak, mamlakatimiz rahbarining 26 Temur tuzuklari. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1996. 86-87-betlar. 27 Karimov I.A.Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidan. 6-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1998. – B 112. 108 rahbar Shahsiga doir yangicha talqinlari ilmiy asoslarga egadir. Bu ma’noda Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning mana Shu fikrlari diqqatga sazovordir: “Ayrim rahbarlarning g‘alati hislatlari haqida gapirmoqchiman. Ular qo‘l ostidagi odamlarga yetarli e’tibor bermaydi, o‘zidan yuqori amaldorlar oldida esa, sakkiz bukilib salom beradi. Ishni bilmaydi desangiz, o‘z manfaati yo‘lida kallasini Shunday ishlatadiki, hayron qolasiz!”. 28 Birinchi Prezident ilgari surgan rahbar shahs konsepsiyasida yetakchilarning vakolatlari masalasida erkinlashtirish masalasi muhim o‘rin tutadi. Unga ko‘ra, rahbar shahslar qonuniy asosdagi vakolatlaridan unumli foydalanishlari kerak. Buning uchun Islom Karimov rahbar shahslarni ma’naviy rag‘batlantirish yo‘lidan boradi. Bir o‘rinda u: “Viloyat hokimlari hukumatimizning joylardagi vakolatxonasi, hokimlar esa Birinchi Prezidentning vakillaridir”, 29 deydi Islom Karimov o‘zbek davlatchiligi boshqaruvi tarixida yangi, o‘ziga xos rahbar shahs talqinini taqdim qildi. Uning mohiyati fikrda o‘z ifodasini topgan: “Rahbarlik – lavozim, mansab emas, avvalo, odamlarga xizmat qilish. Rahbar degani hammadan ko‘proq ishlab, fuqarolar saodati va yurti ravnaqi uchun yelib yuguradigan fidoyi inson bo‘lishi kerak”. 30 Davlat xizmatidagi xodimlarning huquqiy va axloqiy madaniyati bir-biriga mutanosib bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan mansabdor shahslarda siyosiy hislatlar bilan bir qatorda, axloqiy fazilatlarni shakllantirish zaruriy holdir. Axloqiy barkamollik davlat xizmatidagi xodimlarning ishbilarmonlik sifatlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida: “Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi, 31 ”- bejizga ta’kidlamagan. Jamiyatda mutlaq, abadiy va o‘zgarmas axloq yo‘q. Axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Uning bu xususiyatlari umumiy axloqning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan kasb axloqida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Jamiyat rivojining tarixida ijtimoiy mehnat taqsimotining paydo 28 Karimov I.A.Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1996. - B 43. 29 Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. 4-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1996, - B.135. 30 Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1996. - B.45. 31 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo‘nalishlari” ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. www.gov.uz. 109 bo‘lishi mehnatning bir turi bilan band bo‘lgan kishilar guruhining kasb - hunar jihatidan ajralib chiqishiga va Shunga muvofiq ravishda turli xil mutaxassislikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu esa har bir insonning qilayotgan mehnat tarziga, mehnatni tashkil qilish usullariga qarab, ulardan muayyan turdagi harakatlar va ruhiy quvvatlarni sarflashni talab etadigan qaytarilmas, o‘ziga xos ko‘nikmalarni vujudga keltiradi. Inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling