Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


  HAY’ATLAR (DELEGATSIYALAR) TASHRIFI


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 


231 
HAY’ATLAR (DELEGATSIYALAR) TASHRIFI - mehmonni qabul qilish 
hamma xalqlarda oddiy hollarda ham alohida e’tibor bilan o‘z o‘rniga qo‘yiladi. 
Xalqaro munosabatlar darajasida esa mehmonga bo‘lgan e’tibor jiddiy tusga kiradi. 
Bu holat tashrif darajasi, maqsadi va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Bu bilan rasmiy 
hay’atlarga ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibor belgilanadi. Hay’at rahbariga 
ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tiborning asosiy sharti u egallab turgan lavozim bilan 
belgilanadi. Masalan, davlat yoki hukumat rahbariga alohida e’tibor, tashqi ishlar 
vaziri yoki harbiy vazirga alohida, tegishli tashkilotning departament rahbari yoki 
boshqa lavozimdagi shaxsga alohida e’tibor shartlari belgilangan. 
Kutib olinuvchi mehmonning egallab turgan lavozimidan kelib chiqib, kutib 
oluvchi mutasaddilar, uchrashuv ssenariysi va tashrif tashkiloti bilan bog‘liq boshqa 
masalalar belgilanadi. Yuqorida qayd etilgan masalalarning barchasi oldindan, tashrif 
amalga oshirilishidan ilgari ishlab chiqiladi va yuqori darajadagi tashriflarni 
tayyorlash vaqtida mehmon tomon bilan kelishib olinadi. Tashriflar o‘z 
klassifikatsiyasi bo‘yicha bir necha turlarga bo‘linadi. Ular: oliy darajada tashkil 
etiladigan davlat va rasmiy tashriflari, «Sammitlar», amaliy va norasmiy tashriflar. 
 
DIPLOMATIK 
YOZISHMALAR 

diplomatik 
hujjatlarga 
davlat 
arboblarining nutqdari, notalar, maktublar va memorandumlar kiradi. Ularda 
davlatning xalqaro miqyosdagi muammolarga munosabati va hukumatning ularga 
nisbatan tutgan mavqei bayon qilinadi. Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarda biror-bir 
davlatni tan olish va diplomatik aloqalarni o‘rnatish, aktual xalqaro muammolarni hal 
yetish bo‘yicha takliflar, davlat suverenitetini yoki xalqaro huquq prinsiplarini buzish 
harakatlariga qarshiliklar kabi ma’lumotlar bayon qilingan bo‘lishi mumkin. Xalqaro 
diplomatik amaliyotda quyidagi hujjat turlari yuritiladi: shaxsiy notalar, eslatma 
yozuvlari, memorandumlar, shaxsiy yarimrasmiy xatlar. Shaxsiy nota birinchi shaxs 
nomidai tuzilib, ikki tomonni qiziqtiruvchi biror-bir hodisa haqidagi ma’lumotga ega 
bo‘ladi.

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling