Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
TASHRIF – sizga bo‘lgan iliq munosabatni anglatadi. Sizni taklif qilishsayu, siz bormasangiz, bu hurmatsizlkidir. Kechki ovqatdan voz kechishning eng oxirgi muddati – ikki kun avval, ammo keltirgan sababingiz jiddiy bo‘lishi lozim. Bunga yo‘l qo‘ygan taqdiringizda imkon qadar tezroq og‘zaki ravishda uzr so‘rashni unutmang. Mehmondorchilikda ko‘p bo‘lib, ammo javoban o‘zi ham mehmonga chaqirmaslik odobga to‘g‘ri kelmaydi. Agar o‘z uyingizda mehmon qabul qilishga sharoitingiz bo‘lmasa, uning boshqa yo‘llarini qidirib ko‘rish mumkin, masalan, qahvaxona, restoran, teatr, agar mashinangiz bo‘lsa – shahardan tashqaridagi sayrga taklif qilish mumkin. XALQARO ETIKET - xalqaro etiketning asosiy xususiyatlari uning universalligidadir. Turli mamlakatlar vakillarining, siyosiy qarashlar va turli dinlarga e’tiqodning, milliy an’analar va psixologiyaning, turli hayot tarzi va madaniyatlarning bevosita muloqotlari xalqaro etiketning asosini tashkil etadi. Har bir millatning ehtirom qoidalari bu milliy urf~odatlar va xalqaro etiketning murakkab uyg‘unligidir. Bugungi kunda zamonaviy xalqaro etiket barcha mamlakatlar va o‘tib ketgan avlod-ajdodlar madaniyatining eng qimmatbaho qismini o‘zlashtirib kelmoqda. Uning rivojlanib borish jarayoni davomida u turli mamlakatlar vakillari muloqoti orqali xalqlarda mavjud eng yaxshi ehtirom normalarini mujassam qilgan holda boyitilib bormoqda. Har bir mamlakat o‘z etiket tamoyillariga ega va ular xalqaro etiketning ajralmas qismi hisoblanadi. RASMIY QABULLAR - davlat rahbarlari o‘rtasida rasmiy munosabatlarni keng tarqalgan va umumiy qabul qilingan shakllaridan biri rasmiy qabullarni o‘tkazishdir. Qabullarni tashkil yetish odati bizga o‘tmishdan kelgan bo‘lib, tinchlikparvarlik, yaxshilik belgisi hisoblangan. Mehmondo‘stlik esa, Shu kunga qadar davlatning sha’ni, xalqning to‘kin-sochinlik ko‘rsatkichi bo‘lib kelmoqda. Rasmiy qabul marosimlarida mehmonning an’anaviy taomlarining tortilishi mehmon davlatga bo‘lgan alohida hurmat-e’tibordan dalolat beradi. Hozirgi kunda xalqaro amaliyotda hamma ishtirokchilar uchun bajarilishi shart bo‘lgan va o‘z etiketiga xos bo‘lgan bir nechta rasmiy qabullarning turi mavjud. Diplomatik qabullar chog‘ida suhbat olib boriladi, aniq belgilanmagan muzokaralar, tanishuv va boshqa tadbirlar amalga oshiriladi. Ishtirokchilar bir-birlarining o‘zaro aloqasi, yig‘ilish xarakteri, yoshiga qarab, bir—birlarini to‘liq ism-shariflarini aytib o‘tishlari yoki faqatgina familiyalarini aytish bilan chegaralanadilar. Diplomatik uchrashuv yoki diplomatik qabulning xarakteri o‘zaro muloqotning me’yori va shaklini, salomlashish darajasini belgilaydi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling