232
ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadi. Tashrifnomalarni
boshqa kishiga bera turib
ovoz chiqarib ismi-sharifini aytib, o‘zini tanishtirish lozim.
DIPLOMATIK PROTOKOL - davlatlararo hamkorlikda munosabatlarning
asosiy
qoidalari, jumladan, suverenitetni hurmat qilish, tenglik,
erkinlik, hududiy
barqarorlik, bir-birini ichki ishlariga aralashmaslik kabi talablarga rioya qilmasdan
turib to‘laqonli kelishuvni amalga oshirolmagan bo‘lar edilar.
Bunday talablarni
bajarish uchun bu boradaga tajribadan tashqari ma’lum bir dasturamal ham lozim.
Bunday dasturamal diplomat (muzokara) bayonnomasi dyeyiladi. Ushbu bayonnoma
davlatning vujudga kelishidan tortib, hozirgi davrgacha bo‘lgan o‘zaro hamkorlik
munosabatlarining
qayta ishlangan, yillar davomida tahrir va tajribadan o‘tgan,
zamonaviy talablarni ham o‘z ichiga qamrab olgan qoidalar majmuidir. Diplomatik
protokol – xalqaro munosabatlarda rasmiy shaxslar, vakillar
tomonidan hukumatlar
tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan umumqabul qilingan an’ana, tartib, rasm-
rusmlar qoidasining majmuidir. Muzokara bayonnomasining mohiyati o‘zaro
munosabatlarida davlatlarning kelishuvlarini axloqiy madaniyat doirasida kechishi –
ya’ni davlatlarning kelishuvlarini chiroyli tarzda – axloqiy me’yorlardan chiqmagan
holda olib borishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: