O’rxun va enasoy oбиdalarи


Download 232 Kb.
bet4/17
Sana08.11.2023
Hajmi232 Kb.
#1758160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
O’RXUN VA ENASOY OБИDALARИ

Qo’shin tortamiz», demish.
Yurmasak bizni,
Qog’oni alp ermish.
Maslahatchisi bilka ermish.
Qanday bo’lmasin
Bizni o’ldiruvchi ko’k, demish.
Turgesh qog’oni oshiqmish, dedi
O’n o’q buduni hyech qolmay oshiqmishdir.
Tabqach qo’shini bor ermish
Ul so’zni eshitib,
Qog’onim man uy sari tushayin, dedi,
Xoin yo’q bo’lgan erdi.
Uni ko’mayin, dedi.
Qo’shin bilan sen borgin, dedi.
Oltin yushda o’ltiring, dedi.
Qo’shin boshi Ipal qog’on.
Tardush shodi borsin, dedi.
Bilka To’nyuquq manga aytdi,
Bu qo’shinni elt, dedi.
Ko’ngling tilagini buyur,
Man sanga na aytardim, dedi.
Kelur ersa er ko’payar,
Kelmas ersa.
So’z, gap yig’gin, dedi.
Oltin yushda bo’lamiz
Ul elchi kishi keldi.
So’zi bir: qog’oni qo’shin tortdi
O’n o’q qo’shini hyech qolmay oshiqmoqdadir.
Yorus cho’lida terilamiz.
Ul so’zni eshitib
Qog’onga ul so’zini yetkirdim.
Qanday qilay
Yana so’z keldi.
O’ltiringlar degan emish
Yelma, yaxshi qaragin, turgin.
Bosdirma, demish.
Bog’u qog’on menga shuni aytmish.
Ana tarqan ichki so’z etmish:
Bilka To’nyuquq
Yovuz ul, o’zi bilormon ul
Qo’shin tortaylik… unamang.
Ul so’zni eshitib qo’shin yurittim.
Oltin yushni yo’lsiz oshdim,
Ertish suvini kechiksiz kechdimiz.
Tun qotdimiz, Bolchugka tong otarda yettimiz.
Asir keltirdi, so’zi bunday:
Yoruz cho’lida o’n tuman qo’shin terilgandir.
Ul so’zni eshitib
Beklar qo’nib, qaytamiz,
Tozaning nomusi yaxshi, dedi (lar),
Man bunday dedim:
Man bilka To’nyuquq
Oltin yushni osha keldi.
Irtish suvin kecha keldimiz.
Kelganlar alpdir, dedim
Tuymadi.
Tangri, Umay, uduq yer-suv
Jazolaydi ekan.
Necha to’zarmiz, ko’p deyin.
Nega qo’rqarbiz, oz deyin,
Nega yengilamiz, bosamiz, dedim.
Bosdik, yeyib tashladimiz.
Ikkinchi kun (ular) keldi.
O’tdek qizib keldi.
Urushdimiz
Bizdan ikki qanoti yarim hissa ortiq edi.
Tangri yarliqagani uchun ko’p, deyin,
Biz qo’rqmadimiz, urushdimiz,
Tardush shodi.
Yeydimiz, qog’onim tutdimiz,
Yabg’usin, shodin unda o’ldirdi.
Ellikcha yer tutdimiz.
O’sha tunning o’zidayoq budunga (elchilar) yubordimiz.
Ul so’zni eshitib,
O’n o’q beklari, buduni
Ko’p keldi, bo’ysundi.
Kelgan beklarni, budunni yig’ib, joyladik.
Ozcha budun qochmish edi…
O’n o’q qo’shinini yurishga otlantirdim.
Biz yana yurdimiz,
Uni quvdimiz,
Inju suvini kecha
Tinasi o’g’li yotog’ida
Banglachak tog’ining…
Temur qopug’ga quvdimiz.
Anda qaytardimiz.
Inel qog’onga tojik toqrusin,
Unda yaraku Suq boshliq
Sug’doq budun ko’p keldi.
Ul kunda tagdi.
Turk budun temir qopug’ga
Tiynasi o’g’li tog’qa yetdi.
Egasi yo’q ermish.
Ul yerga men bilka To’nyuquq (uchun)
Sariq oltin terdilar
Yarqiroq kumush, qiz, xotin,
Gilamlar, so’ngsiz qimmatbaho narsalar keltirildi.
Iltarish qog’on bilimligi uchun, olimligi uchun
Tabg’achga o’n yetti marta urushdi.
Qitanqa yetti urushdi
O’g’uzga besh urushdi
Unda maslahatchi yana men o’zim erdim.
Yo’ldoshchisi yana men erdim.
Iltarish qog’onga,
Turk Boxu qog’onga,
Turk bilka
Qopog’on qog’on
Tun uxlamadi
Kunduz o’lturmadi,
Qizil qonin to’kdi…
Qora terin oqizdi…
Ishimni, kuchimni berdim, albat,
Men o’zim uzun yurishlar yana etdim, albat.
Arqug’ qarog’in ulg’aytdim.
Bo’ysungan yog’iyni kelturar erdim.
Qog’onim bilan birga urushdimiz
Tangri yarlaqasin.
Bu turk budunqa
Yaraqliq yog’iyni keltirmadi.
Tugunlik otlig’in yugurtmadim.
Iltarish qog’on qozonmasa
So’ngra o’zim qozonmasam
El ham, budun ham
Yo’q bo’lar erdim.
Qozongani uchun
Izidan o’zim qozonganim uchun
El yana el bo’ldi.
O’zim qari bo’ldim, ulug’ bo’ldim.
Biror yerdagi qog’onlik budunga
Bekorchi bor ersa
Na baxtsizlik bo’lar erdi ermish.
Turk bilka qog’on elingga bittirdim.
Man bilka To’nyuquq
Iltarish qog’on qozonmasa
Yo’q erdi ersa
Man o’zim bilka To’nyuquq
Man yo’q erdim esam,
Qopog’on qog’on Turk sir budun yerida
Birlik bo’lmay, budun bo’lmay,
Kishi yo’q edi,
Egasi yo’q edi.
Iltarish qog’on bilka To’nyuquq
Qozongani uchun
Qopog’on qog’on
Turk sir budun bor bo’ldi
Turk bilka qog’on
Turk sir budunni
O’g’uz budunni ulug’lab o’lturur
To’nyuquq bitigi xotira-memuar shaklidagi dostondir. Unda asosan hayotiy voqyealar hamda mifologik tasavvurlar ifodalangan. To’nyuquq tarixiy shaxs bo’lib, Eltarish xoqonning maslahatchisi edi. Uning yoshligi Tabg’ach- Xitoyda o’tgan. Bu paytda turk xalqi Tabg’achga bo’ysungan. Chunki turk xalqi bosh-boshdoqlikka yo’l qo’yib, o’zini idora etolmagan. Ana shunday tarqoq xalqni To’nyuquq birlashtirdi, ikki bo’lagi otli va bir bo’lagi piyoda bo’lgan 700 kishilik qo’shini bilan turk mamlakatini tikladi hamda shad (turk xoqonligining oliy unvonlaridan biri) unvoniga ega bo’ldi.
To’nyuquq Bo’yla Baga Tarxon hamda Eltarish xoqonlar bilan mamlakat farovonligi uchun kurashdi. Natijada, xalq to’q bo’ldi. Turklar mamlakatiga yana urush xavfi tug’ildi. Tabg’ach, o’g’uz, qutan qavmlari birlashib, hujum qilishga tayyorgarlik ko’rdi. To’nyuquq Eltarish xoqonga maslahat solganida xoqon uning kuchiga, tadbirkorligiga, donoligiga ishondi va «ko’nglingga kelganini qil» deb buyurdi. To’nyuquq o’g’uzlarning uch ming kishilik qo’shiniga qarshi jangga kirdi, ularni yengdi, yigirma uch shaharni ishg’ol qildi. Jang qishda, qor-izg’irinli kunlarda davom etardi. Qattiq sovuq bo’lsa-da, Irtish daryosidan o’tish va urushishga to’g’ri keldi. Jangda To’nyuquq g’alaba qozondi, dushman shadini ham o’ldirdi, dushmanning oz qismi qochdi, ular Temur qopug’gacha quvib borildi va qo’lga olindi. To’nyuquq Eltarish xoqonga maslahatchi bo’lgan davrda yurt dushmanlari bilan tez-tez jang bo’lib turdi. Jumladan, Eltarish xoqon tabg’achga 17, qutanga 7, o’g’uzlarga 5 marta yurish qildi.
Tosh bitigda ifodalangan bunday tasvirlar xotira-memuar bo’lib, ular asarda epik bayonni, syujetni hosil qiladi. To’nyuquq bitigining boshqa toshbitiglardan o’ziga xos tomoni shundaki, unda yig’i-yo’qlov ruhi sezilmydi, aksincha, asarning butun mazmuni qahramonlik tasviri asosida qurilgan. To’nyuquq – jasoratli, o’z xoqoni va mamlakti sharafi uchun kurashgan dono sarkardadir.
Bitigda real hayotiy voqyealar bilan mifologik tasavvurlar uyg’un holatda tasvirlanadi. Mifologik tasavvur hayotiy voqyealarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Tangri xoqonlikka xon berishi, lekin xalq unga itoat etmay, bosh-boshdoq bo’lishi, shu sababli tangri ularni qarg’ashi, nihoyat To’nyuquq tangrining g’azabini anglashi, tangri bilim va madad bergani uchun xalqni birlashtirib, ulkan davlatni qayta tiklashi mifologik tasavvur natijasi hisoblanadi.

To’nyuquq bitigini turkiy yozma adabiyotdagi dastlabki qahramonlik dostonlari namunasi deb hisoblashga asoslar bor. Unda mavzu, syujet, obrazlar tizimi, tasviriy vositalar mahorat bilan yaratilgan. Shuningdek, asar o’ziga xos kompozision qurilishga ega.
Kul tegin bitigi. Bitik turk xoqoni Eltarish xoqonning kichik o’g’li Kul tegin qabriga qo’yilgan. Kul tegin 731 yilda vafot etgan bo’lib, tosh 732 yilda o’rnatilgan. Bitiktoshdagi voqyealar Kul teginning akasi Bilga xoqon (asli ismi Mo’g’iliyon) tilidan hikoya qilingan. Asar Kul teginning jiyani Yo’llug’ tegin qalamiga mansub. Asar ikki qismdan iborat, birinchi kichik yozuv – 110, ikkinchi katta yozuv 428 misradan iborat. Kichik yozuvning dastlabki qismida Kul teginning o’z avlodlariga, beklar va xalqqa murojaati beriladi. Turk davlatining chegaralari ko’rsatilgan. Kul tegin qo’shini «Shantung tekisligigacha» (shimoliy-sharqiy Xitoy), «To’quz arslon» — Tibetgacha yetganligi aytiladi. Kul tegin qo’shinlari Inju (Sirdaryo)ni kechib, Temir Qopug’gacha (Bo’zg’ala o’tami), so’lda esa Bayirqu (Sharqiy Zabaykal)gacha borgani madh etiladi. Kul tegin turkiy xalqlarni O’teken yerida muqim qolsa, mung bo’lmasligini uqtiradi. Asarning ikkinchi qismida esa Bilga xoqon ajdodlarining tarixi bitiladi. Kul teginning harbiy yurishlari, shaxsiy bahodirligi, vafoti, matom marosimi va marsiyalar keltiriladi. Asarning har ikki qismi ham Ko’k tangriga e’tiqod ruhi bilan boshlanadi. Turkiylar bilan yonma-yon yashagan tabg’achlarning bosqinchiligi, hiylakorligi keskin qoralanadi.

Download 232 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling