O’rxun va enasoy oбиdalarи


Download 232 Kb.
bet17/17
Sana08.11.2023
Hajmi232 Kb.
#1758160
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
O’RXUN VA ENASOY OБИDALARИ

Tangri toq. Tangridan bo’lgan
Turk Bilga qog’on bu yerga o’lturdim.
So’zimni tugal eshitgil.

Kul tegin yodgorligining katta yozuvi esa quyidagicha boshlanadi:
Uza Ko’k tengri
Asra yag’iz yer qqlqntuqda,
Ikin ara kisi og’lq qqlqnmqs.

Mazmuni:
Yuzada Ko’k tengri.
Ostda qora yer qilindi
Ikkisi aro kishi o’g’li yaratildi.

Urxun bitiglari Enasoy bitiglaridan epik tasvirning kengligi bilan ajralib turadi. Bu yodgorliklarda ham marsiya va madhiya ruhi yetakchilik qiladi. Lekin voqyelikning ifodalanish xususiyatiga ko’ra boshqa janrlarning ham belgisi mavjud. Kul tegin va Bilga xoqon yodgorligi badiiy tasvirning yetakchiligi hamda epiklik xususiyati bilan qahramonlik dostonlarini eslatadi. Tunyuquq yodgorligida esa voqyealarning badiiy tasviri yetarli darajada emas.
Demak, tosh bitiglarda adabiy janr talablariga ko’ra marsiya, madhiya, doston va memuar shakllari mavjud. Tosh bitiklarda badiiy tasvir vositalari, xalq tili boyligidan unumli foydalanilgan. Kul tegin asarida turk xalqining tabg’achlar tomonidan ezilishi, zulm o’tkazilishi shunday tasvirlanadi:
Turk budun illaduk ilin ichqinu idmis,
Qag’anladuk qag’anin jituru idmis.
Tabg’ach budunka barilik o’ri og’lin kul bolti,
Silik qiz og’lin ko’ng bolti.

Mazmuni:
Turk budun ellashgan elni buzg’un etmish,
Qog’onlangan qog’onni tuban etmish.
Tabg’ach budung’a qattiq o’g’illari qul bo’ldi,
Suluv qizlari cho’ri bo’ldi.

Parchadagi «Ellashgan el buzg’un», «Qog’onlangan qog’on tuban», «Qattiq o’g’ullar qul», «Sulu qizlar cho’ri» kabi tasviriy ifodalar ziddiyatni yanada ta’sirchan ko’rsatadi. Quyidagi parchada esa o’xshatish orqali turkiy bobolarimizning kuch-qudrati, dushmanlarining ojizligi tasvirlanadi:
Tengri kuch birtuk uchun
Kangim qag’an so’si bo’ri tag ermis.
Yag’isi koy teg ermis.

Mazmuni:
Tangri kuch bergani uchun
Otam qog’on kuchli bo’ridek bo’lmish.
Yog’isi qo’ydek bo’lmish.
Sifatlashlar ham tabg’ach xalqining o’ziga xos xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi:
Tabg’ach budun sabi suchuk,
Ag’isi yim shak ermis.
So’chik sabin yim shak ag’in arin,
Irak bo’dunig’ ancha yag’u tir ermis.

Mazmuni:
Tabg’ach budun so’zi chuchuk,
Og’izi yumshoq ermish.
Suchuk so’zi, yumshoq qiliq (la) avrab,
Yiroq budunni ancha yaqinlatar ermish.

Tunyuquq bitig toshidan olingan misralarda obrazli tasvir yanada hayotiy chiqqan:
Yag’umuz tegra ichuq teg erti,
Biz shad ertimiz.

Mazmuni:
Yog’imiz tegrada qushlardek (ko’p) erdi,
Biz yemdek edimiz.

Qush va yem kurashadigan ikki qavmning imkoniyat darajasini obrazli tarzda ifodalay olgan o’xshatishdir. Yoki shu bitig toshda turkiy xalqlarning maqol va matallaridan o’rinli foydalanilgan.
Yupqa ariklid toplag’alu uchuz ermis,
Yinqa eriklid izdali uchuz,
Yipqa qalin bolsar, toplag’aluq alp ermis,
Yinchga yog’on bolsach, izduluk alp ermis.

Mazmuni:
Yupqa arriqlik to’plagali oson ermish,
Ingichka orriqlik uzgali oson.
Yupqa qalin bo’lsa to’plagali alp (kerak) ermish,
Ingichka yo’g’on bo’lsa uzgali alp (kerak) ermish.

Demak, tosh bitiklar o’zining ta’sirchan badiiy qimmatiga ega. Qadimgi turkiylar tilining jozibasi tosh bitiklarda aniq ifodasini topgan. Bundan tashqari, tosh bitiklar bir necha fanlarning ham qimmatli manbai hisoblanadi. Avvalo, ular adabiy yodgorlikdir. Ifoda usuli va janr (doston, qasida, marsiya va boshqalar) xususiyati bilan badiiy adabiyotning namunasidir. Tosh bitiklar qadimgi turkiy tilni o’rganishda cheksiz ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ularda turkiy qavmlarning tarixiga oid voqyea-hodisalar, jug’rofiy nomlar, qavmlarning nomi va urf-odatiga doir etnografik ma’lumotlar, totemizm, ko’k tangri, moniylik kabi diniy e’tiqodlar ham o’z ifodasini topgan. Xullas, tosh yodnomalar turkiy xalqlarning adabiyoti, tili, tarixi, dini, jo’g’rofiyasi, urf-odatlarini o’rganishda g’oyat qimmatli yodgorlikdir. Bu masalaning birlamchi tomonidir. Ikkinchidan, yodnomalar qadimgi turkiy xalqlar og’zaki ijodining izchil davomi, janr va g’oyaviy belgilarini o’zida mujassamlashtirgan adabiy merosdir.
Badiiy asarlarni o’tda yonmas, tuproqda chirib, yo’qolmas jismlarga bitib yaratish dunyo xalqlari madaniyati tarixida sinalgan an’anadir. Jahon adabiyotining durdonasi sanalgan «Bilgamish» dostoni ham sopol lavhalarda bitilgan edi. Turkiy tosh bitiklar ham ana shunday an’analar natijasi bo’lib, ularda rang-barang janrlardagi asarlar yaratilgan. Tosh bitiklardagi dostonlarning g’oyasi, qahramonlik ruhi turkiy xalqlar og’zaki adabiyotdagi eposlar bilan mantiqan bog’lanadi. Bunday bog’lanish qabr toshlari dostonlarini yaratgan ijodkorlar xalq dostonlari bilan juda yaqin tanish bo’lganligi, undagi g’oyaviy mazmun hamda qahramonlik ruhini chuqur anglaganligida ko’rinadi.
Download 232 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling