O’rxun va enasoy oбиdalarи


Download 232 Kb.
bet10/17
Sana08.11.2023
Hajmi232 Kb.
#1758160
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
O’RXUN VA ENASOY OБИDALARИ

Qul Tegin Oz qora otini minib (yovga) tashlandi.
Ikki erni sanchdi.
Shaharga bormadi.
Ul qo’shin u yerda o’ldi.
Angi qo’rg’onda qishlab, yozda
O’g’uzga qo’shin tashladimiz.
Qul Tegin beklarni boshladi.
O’g’uz yog’iy urduni bosdi.
Qul Tegin ochsiz oq otini minib
To’qiz erni sanchdi.
Urduni bermadi,
Onam xotin, boshqa onalarim,
Akalarim, singillarim, ayollarim
Buncha tirik edilar, qul bo’ldilar.
O’ligi yurtda, yo’lda yotib qoluvdi erdingiz.
Qul Tegin yo’q esa
Ko’p o’lgan bo’lar edingiz.
Inim Qul Tegin o’ldi,
O’zim qayg’irdim.
Ko’rar ko’zim ko’rmasdek,
Bilur biligim bilmasdek bo’ldi.
O’zim qayg’irdim.
Faqat tanrgi yashar
Kishi o’g’li o’lgali tug’ilmish.
Ancha qayg’irdim,
Ko’zga yosh keladi.
Ataganda ko’nguldan ho’ngrash keladi.
Yanada qayg’irdim.
Qattiq qayg’irdim
Iki shad, iniginam,
O’g’lonlarim, beklarim, budunim
Ko’zi, qoshi yomon, asov deb qayg’irdim.
Yig’lovchi, sig’tovchi
Qo’tan, tatabini boshlovchi
Udir sangun keldi
Tabg’ach qog’ondan Ishyi Likang keldi.
Bir tuman ag’i, oltin
Behisob kumush keltirdi.
Tuput qog’ondan Bolon keldi,
Ortda kun botishdagi
Sug’d barchakar Buqaraq ulus budundan
Nang Sangun o’g’il tarqan keldi.
O’n o’q o’g’lim Turkesh qog’andan
Maqrach tamg’ali
O’g’uz Bilga tamg’achi keldi
Qirg’iz qog’ondan Targ’ush Unanchi jo’r keldi,
Barq (sog’ona, qabr haykali – A.Q.) etguvchi
Yozuvli toshni ishlab, o’ganuvchi
Tabgach qog’onning tosh ustasi
Jang Sangun keldi.
Qul Tegin qo’y yiliga
O’n yettinchi kuni uchdi.
To’qquzinchi oy yigirma yettiga
Yerga ko’mdimiz.
Barqini, naqshlarini, yozuvda toshini
Maymun yili, yetinchi oy,
Yigirma yettinchi kunga
Alqadimiz.
Qul Tegin o’lganda
Qirq yetti yoshda edi.
Tash… …buncha naqshchi
Tuyg’un Eltabar keltirdi.
Kul tegin yodgorligidagi kichik va katta bitig janr xususiyatiga ko’ra memuar-xotirani eslatadi. Lekin bu asarlarning To’nyuquq bitigidan farqli tomonlari mavjud. Kichik va katta bitig tangrining olamni yaratish haqidagi tasavvurlar tasviri bilan boshlangan. Albatta, bunday tasvirlar epik yo’nalishli katta syujetli asarlarning janr xususiyati talabi natijasidir. Dostonlar avvalida tangri va olamning yaratilishi haqidagi tasvirni berish, so’ngra asosiy voqyeaga o’tish qadimiy adabiy an’ana hisoblanadi.
Kichik bitig ma’lum ma’noda katta bitig uchun muqaddima hisoblanadi. Katta bitigda voqyealar hikoyachisi – bilga xoqon, avvalo, o’zining kimligini tanishtiradi, hayotiy tajribalari, saboqlarini bayon etadi, Kul tegin sharafiga o’rnatilgan yodgorlikning sababi va tafsilotini keltiradi.
«So’zimni tugal eshit!» Bilga xoqonning og’a-inilariga, farzandlariga, xalqiga, beklariga murojaati ana shunday. «So’z» — epik voqyea uch qismdan tashkil topgan: 1. Bilga xoqon qayerda va kimlar bilan jang qilgani tasviri. 2. Turli qavmlar bilan urushish, muloqotda bo’lish, yarashish jarayoninida to’plagan hayotiy tajribalar va ularni «so’z»ni eshituvchilarga bayon etish. Bu qismdagi g’oyaviy xulosani xalqni birlashishga, o’z xoqoni atrofida jipslashishga da’vat tashkil etadi. Bilga xoqon xalq ana shu maqsadga erishishsa, u och bo’lmaydi, farovon yashaydi, deb uqtiradi. 3. Tabg’ach xoqonidan tosh yo’nuvchi va toshga yozuvchi usta keltirib, mangu yodgorlik tiklagani tasvirlangan.
Bilga xoqon butparastlar bu yodgorlikni sig’inish belgisi deb tushunishsa, yanglishadilar, deb ta’kidlaydi. U budda sanami emas, balki turkiylar tarixi bitilgan boqiy yodgorlik ekanligini uqtiradi. Kichik va katta bitikdagi epik voqyelik bir-biri bilan mantiqan bog’lanadi. Kichik yozuvdagi «ne-ne so’zim esa mangu toshga urdim» kabi satrlardagi «so’z»ning javobi katta yozuvda o’z ifodasini topadi.
Kul tegin katta bitigida ifodalangan mazmun yirik eposlar darajasidadir. Kul tegin obrazi qahramonlik ruhiyati bilan Alpomish va Manas kabi obrazlarni esga soladi. Asar mualllifi Yo’llug’ Tegin Kul teginga xos bahodirlik xususiyatlarini ko’rsatish uchun uning tarixiy ildizlarini ochadi, ota-bobolari jasoratlarini ko’rsatib o’tadi.
Katta yozuv m’lum ma’noda turkiy alp xoqonlar shajarasi, jasorati madh etilgan qo’shiqdir.Asarda dastlabki turk xoqonlari Bumun xoqon, Istami xoqonlar ta’riflanadi. Ular shu qadar shuhrat topishgan ediki, ular vafot etganlaridan so’ng yig’isiga tabg’ach, tunut, avar, rum, qirg’iz, o’g’uz, tatar, xitoy va boshqa mamlakatlardan odamlar kelib yig’lashgan. Shundan so’ng bitikda Eltarish xoqon madhiyasi keltiriladi. Uning vafotidan so’ng xoqonlikni o’g’li-asardagi voqyealar hikoyatchisi egallaydi. Alp xoqonlarga xos jasorat, turkiy qavmlarni birlashtirish va ularning turmushini yaxshilash uchun kurash Bilga xoqon tomonidan davom ettiriladi.
Katta bitikda ko’plab tarixiy shaxslar obrazi yaratilgan. Asarning bosh qahramoni Kul tegindir. U Bilga xoqonning ukasi, otasi vafot etganida yetti yoshda edi.Qirq yetti yoshida o’zi ham olamdan o’tadi. Asarning kichik bitigi hamda ikkinchi bitikning dastlabki qismlari xotira-memuar usulida bitilgan bo’lsa-da, Kul tegin qahramonligiga oid tasvirlar uning tarixiy qahramonik dostoni janri namunasi ekanligini oydinlashtiradi. Bitikda Kul teginning bo’z, to’ruq, oq qora otlarni minib, yovga tashlanishi tasvirlari bu asar bilan turkiy xalqlar og’zaki ijodidagi qahramonlik eposlari o’rtasida g’oyaviy yaqinlik borligini ko’rsatadi. Alpomish, Manas, Maaday qora kabi obrazlar yuzaga kelishiga Kul tegin kabi tarixiy shaxslar qahramonligi asos bo’lgan deb hisoblash mumkin.
Bilga xoqon bitigi. Bilga xoqon turkiy xoqonlardan biridir. U yigirma yillik xukmronlik davrida turk elini bosqinchilar xurujidan ozod qildi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning katta o’g’li – Qul teginning og’asidir. U 734 yilda, ellik yoshida o’z yaqinlaridan biri tomonidan zaharlab o’ldirilgan. Bitig Yo’llug’ tegin tomonidan yozilgan. Vaqt o’tishi bilan bitig tosh ag’darilib, yozuvlarning ma’lum bir qismi yetib kelgan.
Bilga xoqon haqidagi ta’riflar Qul tegin yozuvlarida ham berilgan. Bilga xoqon yozuvida esa uning xalqlarni birlashtirish, mamlakatni iqtisodiy jihatdan mustahkamlash uchun qilgan ishlari bayon etiladi. Bilga xoqon o’n yetti yoshida Tibet (Tuput), so’ngra Tangutga, o’n sakkiz yoshdan yigirma yoshgacha so’g’d, tabg’ach, o’ng tutuq, basmil, idiqut yurtlariga yigirma ikki yoshida yana Tabg’achga, yigirma olti, yigirma yetti yoshida qirg’iz, turgash yurtlariga yurish qilganligi ifodalanadi. Bitigda ko’ziga faqat mol-mulk ko’ringan davlat boshliqlari qoralanadi, ular gumrohlar deb aytiladi.

Download 232 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling