O’rxun va enasoy oбиdalarи
Download 232 Kb.
|
O’RXUN VA ENASOY OБИDALARИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elegeshdan topilgan bitig
Uyuq Turan bitigi. Uchun Qulug Tirig nomli hukmdorning o’z qarindosh urug’lari va xalqidan ajralganligining marsiyasi. U 63 yoshida olamdan o’tgan. Vatandan ajralganligini judolik deb biladi. Oltin kamarini belga bog’lab, bahodirlik namunasini ko’rsatganligini eslaydi. Yodnoma toshida ko’rsatilishicha, u hukmdorlik qilgan hudud Agun Qatun deb atalgan.
Uydagi xotinlarim, sizdan, o’g’lim, ayrilib, sizlarning hammangizni yo’qotib, ayrildim. Qarindosh-urug’larimni yo’qotib, ulardan ayrildim. Oltinlik ellikta kamarimni belimga bog’ladim. Tangrili davlatimdan qoniqmadim. Sizlarni yo’qotdim. Men Uchun Kulug Tirigman. Tangrili davlatimdan chetdaman. Oltmish uch yoshimda sizlardan ayrildim. Menga qaraydigan Aguk Qatun yerimdan ayrildim. Tangrili davlatimdan, o’g’illarimdan, qizlarimdan, olti ming yilqimdan ayrildim. Xoqonimning tulpori, qora xalqi, mashhur qahramonlarim, sizlardan, yigitlarimdan, o’g’lonlarim, kuyovlarim, qudalarim,qiz – kelinlarim, ayrildim. Elegeshdan topilgan bitig (Bitigtosh kimning kechinmasi ekanligi noma’lum). U xalqi, qarindosh o’rug’lari, davlati va xoqonidan ayrilgan. Yodnomada o’z marsiyasini aytayotgan qahramon Tuk Bug’u mamlakatining jangchisi bo’lgan. Unda yuzta dushmanga teng keladigan kuch va iroda bor edi. Ular janubga qo’shin tortadi, sakkiz kishi qahramonlik ko’rsatadi va yo’lbars yilida qahramonlarcha halok bo’ladi. Uydagi xotinlarim, malikalarim, Sizlarni yo’qotib, O’zimning o’g’illarim, Sizlardan judo bo’ldim. Men yuzta qahramon jangchining kuchiga ega bo’lganim uchun, Dushmanning yuzta jangchisi bilan daryo bo’yida urushganim uchun, Sizlardan ayrildim. Ko’k osmondagi quyosh va oyni yorita olmadim, Vatanimni yo’qotib, sizlardan ayrildim. Xoqonimni, davlatimni, sizlarni yo’qotib, Sizlarga egalik qila olmadim… Xoqonimni, davlatimni yo’qotib, Sizlardan ayrildim. Davlatning chiroyli qizil bayrog’ini Men belimdagi oltin kamarimga bog’ladim. Mashhur Tuk Bug’u bayrog’i ostida, Uning ixtiyori bilan, otasi bekning shon-shavkati uchun, Men jangchi bo’ldim. Qora xalqim, mahkam bo’ling, Davlati, qonun-qoidalarini qo’ldan bermang, Yo’qotmang siz davlatimni, xoqonimni. Davlatim hayotida, janglar paytida, Yigitlarimdan qahramonlar topilmadi. Jangda hammasi bo’lib biz sakkiz kishi edik. Janubga qo’shin tortib, o’lib-yitib, Yo’lbars yilida qahramonlik ko’rsatdim. To’rt oyoqli yilqim, sakkiz oyoqli molim bor edi, Hyech g’am-tashvishim yo’q edi. G’am, tashvish menga tez keldi, Kuchdan qoldim. G’am chekkanimda sizlar bilan uchrashgim keladi. Qarindosh-urug’larimdan, ko’zu qoshlarimdan (ya’ni eng yaqinlarimdan), Uchar otlarimdan ayrilib, Qora xalqimni yo’qotdim, yo’qolib ketdim men. Download 232 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling