O’rxun va enasoy oбиdalarи


Download 232 Kb.
bet14/17
Sana08.11.2023
Hajmi232 Kb.
#1758160
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
O’RXUN VA ENASOY OБИDALARИ

Begra bitigi. Tur ismli saroy xizmatchisining yig’isi. U o’n besh yoshida xitoylar tarbisida bo’ladi. O’n besh yoshida Tabg’ach xoqoni xizmatiga kiradi. Hayotida ko’p azoblarni ko’radi. Uch o’g’lidan ajraladi. O’z elidan Xitoyga qimmatbaho buyumlarni olib boradi. Yetti bo’ri, bir necha yo’lbars va kiyiklarni o’ldiradi. 67 yoshida vafot etadi. U o’z xalqini bardoshli bo’lishga chaqiradi.
Men Tur – apaman,
Saroy xizmatichisiman,
O’n besh yoshimda xitoylar tarbiyasiga oldi.
Malikalarim, xonzodalarimdan g’am bilan ayrildim,
Kun va Oyni yorita olmadim-a.
Uch o’g’lonimdan ayrildim,
Yo’qotib, ularga egalik qila olmadim-a.
Bardam bo’l!
Sakkiz oyoqli molim bor,
Men otimda sayohat qildim.
Keyin ularni yo’qotib ega bo’lolmadim.
Men azobdaman,
Yerimni yo’qotib, suvimdan ayrildim,
G’amdan sizni yo’qotib,
Xalqimga, quyoshimga, avlodimga egalik qilolmadim,
Ulardan ayrilib qoldim.
Davlatimga, xoqonimga boqmadim.
Yoshim oltmish yetti.
Mangu tosh o’rnatdim.
Men hamma uchun yo’qman.
Sonsiz do’stlarimdan ayrildim,
Qalbi keng do’stlarimdan ayrildim.
O’n besh yoshimda Tabg’ach xoqoniga bordim,
Yigitlik sharafim uchun bordim,
Oltin, kumushni, qimmatbaho matolarni
Xitoy elining odamlariga olib bordim-a.
Yetti bo’rini o’ldirdim,
Yo’lbars va kiyiklarni o’ldirmadim.

Chako’l bitigi. Xoqon Bilga Chikshan xizmatida bo’lgan Chiksin yig’isi. U o’z eli, xoqoni, mamlakati uchun fidoyi inson. Lekin hayotdan faqat g’am-alam ko’radi. Tirikligida sakkiz o’g’lidan ajraladi. Shu sababli o’z nomini «alamli Chiksin» deb ataydi. Lekin xalqi, xoqoni, do’stlariga qilgan xizmatini sharaf deb tushunadi.
Avlodlarim, sizlardan ayrildim.
Oh, uydagi xonzodalarimdan ayrildim.
Sakkiz o’g’limdan ayrildim-ey.
Xoqonim, elim xizmatida bo’ldim.
Dono hukmdorimga xizmat qildim,
Do’stlarimga xizmat qildim.
Bu men uchun sharafdir.
Xoqonim uchun, Bilga Chiqshan xoqoniga xizmat qildim,
Ey xalqim,
Yigitlik sharafim uchun davlatimga xizmat qildim.
Tangriga xizmat qildim.
Endi ajoyib do’stlarimdan ayrildim.
Bu mangu toshimdir.
Men alamli Chiksinman.

Oznachennaya qishlog’idan topilgan bitig. Hukmdor Al Inanchuga xizmat qilgan bahodir yig’isi. U dushman bilan xalqi va do’stlari uchun jang qiladi. Shahzoda Kuch Kul tutuq jangda haloq bo’lganidan aziyat chekadi. O’ttiz besh yoshida qahramon nomini oladi.
Malikalar, do’stlarimdan ayrildim.
Alam chekib dushman orasiga kirdim.
Kuch Kul tutuq, sizdan ayrildim.
Davlatim, xoqonim, sizdan ayrildim.
Men o’ttiz besh yoshimda qahramon bo’ldim.
Al Inanchu davlatini – bil uni,
Xoqoningiz yo’qlardi,
Do’stlaringiz, bahodirlar, ovozingiz qasamyod qilar.
Dushmanim ko’p edi, sizlardan ayrildim.

Download 232 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling