O’rxun va enasoy oбиdalarи


Download 232 Kb.
bet9/17
Sana08.11.2023
Hajmi232 Kb.
#1758160
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
O’RXUN VA ENASOY OБИDALARИ

Qilich botar (qadar) qorni kechib
Ko’chman yo’shug jog’iga yurib
Qirg’iz budunni uyqisida bosdimiz.
Qog’oni birla so’nga yushda urushdimiz.
Qul Tegin Bayirkuning
Oq ayg’iriga minib (yovga) tashlandi.
Bir erga o’qin urdi
Ikki erga nayza sanchdi.
Ul olishuvda Bayirquning
Oq ayg’irining beli sindi.
Qirg’iz qog’onini o’ldirdimiz.
Elin oldimiz.
Ul yilda turgeshlarga qarshi
Oltin yush tog’iga
Irtishni kecha yurdimiz.
Turgesh budunini unda bosdimiz,
Turgesh qog’on qo’shini BO’lchida
O’tdek, bo’rondek keldi
Urushdimiz.
Qul Tegin Boshg’u bo’z ot minib urushdi
Boshg’u bO’z…
……………………
Ikkisin o’zi oldirdi.
Unda yana kirib
Turgesh qog’on, buyruqchisi
Oz tutukini qo’lidan tutdi.
Qog’onini unda o’ldirdimiz.
Elin oldimiz.
Qora turgesh budun to’la bo’yin egdi.
Ul budunni (Tabarda qo’ndirdimiz).
(Yana yurib). Sug’d budunini etayin, deyin
Inju daryosin kecha,
Temir qopug’qa qadar yurdimiz.
U yerda qora turgesh budun
Yog’iy bo’lmish.
Kangarasga qarshi bordi.
Bizning qo’shin oti arriq,
Ozuqi yo’q erdi
Yomon kishi, er…
Alp er, bizga tashlandi.
Unday ishga o’kinib,
Qul Teginni oz erlar bilan jo’natdimiz.
Ulug’ urush qilmish.
Alp Salji oq otni minib urushmish,
Qora turgesh budunini
Unda o’ldirmish, olmish.
Yana yurib… birla
Qushu tutuq birla urushmish.
Erlarni ko’p o’ldirmish,
Narsalarini qoldirmay ko’p keltirdi.
Qul Tegin yigirma yetti yoshida
Qarluq budun erkinligi uchun
Yog’iy bo’ldi.
Tomog uduq boshida urushdimiz.
Qul Tegin ul urushda
O’ttiz yashar edi.
Alp Salju oq otin minib
(yovga) tashlandi.
Ikki erga nayza sanchdi,
Qarluqni o’ldirdimiz, oldimiz.
Oz budun yog’iy bO’ldi.
Qora ko’lda urushdimiz.
Qul Tegin o’ttiz bir yashar edi,
Alp Salju otin minib (yovga) tashlandi.
Oz Altabarni tutdi.
Oz budun yo’q bo’ldi.
Tog’am qog’on eli bo’shangan bo’lganda
Budun elida qarama-qarshilik yuz berganda
Izgil budun birla urushdimiz.
Qul Tegin alp Salju otin minib
(Yovga) tashladi.
Ul ot unda yiqildi
Izchil budun o’ldi.
TO’quz o’g’iz budun
O’z budunim erdi.
Tangri, yer bulg’angani uchun
Yog’iy bo’ldi.
Bir yilda besh yla urushdimiz,
Eng oldin Togu shaharida urushdimiz.
Qul Tegin oq Azmanga minib
(Yovga) tashlandi
Olti erni sanchdi.
Urushda yettinchi erni qilichladi.
Ikkinchi Qishlog’akda
Ediz birla urushdimiz.
Qul Tegin Oz qora otin minib
(Yovga) tashlanib bir erni sanchdi.
To’qiz erni chekintirib yiqitdi,
Ediz budun unda o’ldi.
Uchinchi Bo’l… di o’g’uz urushdimiz
Qul Tegin Azman Qora otni minib (yovga) tashlandi, sanchdi.
Qo’shinni sanchdimiz, elini oldimiz.
TO’rtinchi Chush boshida urushdimiz.
Turk budun ayog’i titradi,
Yomonlik, qo’rqoqliqqa tayyor edi.
Oldin kelgan qo’shinni Qul Tegin og’dirib,
To’nga alplaridan o’n erni,
To’nga Teginni ko’mishda o’girib o’ldirdimiz.
Beshinchi Azgapti Kadazda
O’g’uz birla urushdimiz.

Download 232 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling