Dastur nomi
|
Banklarda buxgalteriya hisobi o‘quv amaliyoti
|
Ajratilgan soat
|
180
|
Mavzular soni
|
10
|
Dasturning maqsadi
|
Fanni o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarga tijorat banklarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini, uning asosiy tamoyillarini, usul va uslubiyatlarini nazariy hamda amaliy jihatdan chuqurroq o‘rgatishdan iboratdir.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
1.Banklarda buxgalteriya sohasidagi ma’naviyatini shakllantirish va huquqiy tarbiyasini tarkib toptirish, ko‘nikmalarini o‘rgatish;
2.Banklarda buxgalteriya hisobining usul va uslubiyatlarini;
3.Banklarda hujjatlar aylanishini tashkil qilishni;
4.Bankni boshqarish uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini tayyorlash va ularni qayta ishlashni;
5.Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tuzish tartiblarini;
6.Bitiruvchilarning yuqori darajada raqobatbardoshligini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish;
7.Kelgusidagi kasbini rejalashtirishni o‘rgatish, ish izlashda aniq maqsad va rejalarni belgilay olishi;
8.Axborot izlash ko‘nikmalarini; ish beruvchi bilan bo‘ladigan suhbatda o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatib bera olishiga; tarjimai xol va yo‘llanma xatlarni yaratishga o‘rgatish;
9.Suhbat davomida yaxshi taasurot qoldirish, ish joyiga muvaffaqiyatli joylashish bilan bog‘liq psixologik usullarni o‘rgatish;
10.Jahon andozalari darajasida olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay bilish.
|
Bilimlar
|
Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni bilish
- bank daromadlari va xarajatlarini hisobga olishni bilish;
- Banklarda zamonaviy raqamli buxgalteriya hisobini tashkil qilish tartibini bilish;
- bank operatsiyalarini elektron hujjatlashtirish va hujjatlar aylanishi tizimlarini bilish;
- Elektron bank operatsiyalarini amalga oshirish va hisobga olish tartibi, jumladan naqd pulsiz hisob-kitoblar, kassa operatsiyalari, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, chet el valyutasi bilan operatsiyalar, kredit operatsiyalari, faktoring, lizing va boshqa operatsiyalarni hisobga olishni bilish;
- banklarda elektron hisobotlarining tuzilishi, taqdim etish tartibini bilish va boshqalar.
|
Ko‘nikmalar
|
- banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishga doir qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarni qo‘llash;
- bank operatsiyalarini hujjatlarda rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish;
- chet el banklari bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatish va xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- banklarda buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq tashkil qilish va yuritish;
- buxgalteriya hisobida iqtisodiy axborotlarni shakllantirish usullaridan keng foydalanish;
- bank hisobotlarini tuzish hamda ularni tahlil qilish.
|
|