19.
|
O‘quv amaliyoti bo‘yicha hisobot ustida ishlash
|
Asosiy mavzular bo‘yicha hisobotda o‘quvchi quyidagilarni ko‘rsatishi kerak:
1.Mavzu bo‘yicha qanday savollar, operatsiyalar bilan tanishib chiqildi;
2.Shu bo‘limda xodimlar o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligi;
3.Sanab o‘tilgan operatsiyalarning hisobga olinishi va rasmiylashtirish tartibi;
4.Alohida olingan operatsiyalarning hujjatlar aylanishi sxemasini ko‘rsatish.
Har bir yoritilgan mavzular amaliy misollar va rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan to‘ldirilishi kerak. Hisobot hajmi qo‘lyozmada 35-45 betdan iborat bo‘lishi, matnlar qisqartirilmasdan, xatosiz, toza A 4 o‘lchamdagi oq varaq qog‘ozga yozilishi kerak.
O‘quv amaliyoti tugagandan so‘ng o‘quvchi mutaxassislik kafedrasiga 3 kundan kechikmasdan o‘quv amaliyoti bo‘yicha hisobotni topshirishi lozim.
O‘quvchi o‘qituvchining yozma taqrizini o‘qib, tanishib chiqgandan so‘ng ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi lozim.
Kafedra tomonidan belgilangan muddatlarda hisobot og‘zaki ravishda komissiya oldida himoya qilinadi. Yozma hisobot, og‘zaki va amaliyot jarayonidagi faoliyatini hisobga olgan holda komissiya tomonidan o‘quvchi bilimi baholanadi. Hisobot himoya qilingandan so‘ng o‘rnatilgan tartibda arxivga topshiriladi.
|
6
|
A
|
2
|