Oshirish instituti


Download 362.89 Kb.
bet84/190
Sana28.12.2022
Hajmi362.89 Kb.
#1015981
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   190
Bog'liq
50410501 Bank ishi

Tuzuvchilar:

R.Atabayeva

Marg‘ilon bank-moliya texnikumi ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosarii













O.Tadjibayeva

Marg‘ilon bank-moliya texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi













M.Fayzullayeva

Marg‘ilon bank-moliya texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi














































Taqrizchilar:

N.Olimova

FarDU “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi mudiri, ifn, dotsent







































1. Oʻquv dasturiga qoʻyiladigan talablar

Dastur nomi

Bank ishi asoslari

Ajratilgan soat

192

Mavzular soni

12

Dasturning maqsadi

Mazkur oʻquv dasturda oʻquvchilarga taʻlimning xalqaro standart tasniflagichi bo`yicha 5 - daraja doirasida chuqur bilim hamda amaliy koʻnikmalarni berish, oʻqitishning interaktiv uslublari, yangi avlod axborot kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuterlashtirilgan dasturlar qoʻllagan holda mashgʻulotlarni nazariy, amaliy darslar koʻrinishida tashkil etib chuqur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar berish maqsad qilib qoʻyilgan.
Alohida urgʻu fanlararo bogʻlanishga berilgan boʻlib, bunda “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Buxgalteriya hisobi”, “Bank marketingi va menejmenti”, “Banklarda buxgalteriya hisobi”, “Bank faoliyati tahlili va nazorati”, “Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari” fanlarida oʻtilgan mavzular fanni oʻzlashtirish uchun asosiy zamin boʻladi.

Oʻzlashtirish (oʻqitish) natijalari

1.Oʻquvchilarning bank sohasidagi maʼnaviyatini shakllantirish va huquqiy tarbiyasini tarkib toptirish, koʻnikmalarini oʻrgatish;
2.Bank faoliyatini rivojlantirish, ragʻbatlantirish, unga keng yoʻl berish, bank faoliyatini qo’llab – quvvatlash va uning faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonun va farmonlarni, yaʼni bank faoliyatini huquqiy, meʼyoriy va tashkiliy asoslarini oʻrgatish;
3.Banklarni soliqqa tortish tartibi, soliqlarning iqtisodiy mohiyati va amal qilish xususiyatlari, soliq tizimi va uning tarkibiy tuzilishi;
4.Bank resurslarini boshqarish tizimi jarayonida mablagʻlarni joylashtirishda zamonaviy usul va texnologiyalarni oʻrgatish;
5.Bitiruvchilarning yuqori darajada raqobatbardoshligini taʼminlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish;
6.Kelgusidagi kasbini rejalashtirishni oʻrgatish, ish izlashda aniq maqsad va rejalarni belgilay olishi;
7.Axborot izlash koʻnikmalarini; ish beruvchi bilan boʻladigan suhbatda oʻz imkoniyatlarini koʻrsatib bera olishiga; tarjimai xol va yoʻllanma xatlarni yaratishga oʻrgatish;
8.Suhbat davomida yaxshi taassurot qoldirish, ish joyiga muvaffaqiyatli joylashish bilan bogʻliq psixologik usullarni oʻrgatish;
9.Jahon andozalari darajasida olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay bilish.

Bilimlar

- bank faoliyati boʻyicha amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablarini bilish;
- bank faoliyatini tashkil qilishning va tu-gatishning huquqiy asoslarini bilish;
- bank faoliyatining iqtisodiy asoslarini bilish;
- innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan xolda mijozlarga hizmat ko’rsatish borasidagi bilimlarga ega bo’lish;
- bank mobil ilovalari hamda IT in-fratuzilmalari bilan ta’minlangan bank oper-atsiyalari haqida tushunchalarga ega bo’lish;
- raqamli banklar mijozlarga ko’rsatadigan hizmatlar turini bilish;
- bank tizimini yanada rivojlantirish va erkinlashtirish borasida respublikamizda va xalqaro miqyosda olib borilayotgan islohotlarni bilish.

Koʻnikmalar

  • tijorat banklari aktivlari tarkibi, aktivlarning sifat koʻrsatkichlari, bank aktivlarini baholash;

  • bank kapitalining tarkibi, kapitalning shakllanishi, kapitalning holatini ifoda-lovchi koʻrsatkichlar, bank kapitalining harakatini ifodalovchi koʻrsatkichlarni tahlil qilish;

  • tijorat banklarining majburiyatlari va ularning tarkibi, talab qilib olinguncha, jamgʻarma, muddatli va boshqa depozitlar tahlili, ular bo’yicha foizlar hisoblash, bank majburiyatlarining holatini baholash va depozitlarni rasmiylashtirish;

  • tijorat banklari kreditlash asoslarini, mijoz kreditga layoqatliligining asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlarini, kredit bo’yicha ta’minot turlari va ularni rasmiylashtirishning huquqiy asoslarini, tijorat banklarining kredit siyosati va uning asosiy elementlarini, kredit bahosi va unga ta’sir etuvchi omillarni, kreditlashning huquqiy va iqtisodiy asoslarini, kredit portfelini holati, uning tarmoqlar, hududlar, mijozlar boʻyicha diversifikatsiyasi, kreditlar boʻyicha foizlarning hisoblanishini bilish va bank balansida aks ettirish;

  • banklarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarini rasmiylashtirish;

  • tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari, xarajatlarini (o’sish yoki kamayish dinamikasini diagrammallar asosida tahlil qilishni), tijorat banklari foydasi va rentabellik ko’rsatkichlarini, operatsion xarajatlar va ularning tarkibini aniqlash;

  • tijorat banklarining likvidlilik ko’rsatchiklarini hisoblash va uning holatiga baho berish;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijiy davlatlarga pul mablag‘larini o‘tkazish operatsiyalarini bajarish;

bank operatsiyalari va faoliyati bo’yicha moliyaviy hisobotlarni tuzish.


Download 362.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling