Oshkent davlat transport universiteti
QURILISH TAYYORGARLIK ISHLARINI BAJARISH
Download 0.88 Mb.
|
kurs ishi 2023 (3)ERgashev 001
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1 Trassani daraxtlar, butalardan tozalash ishlari
2 QURILISH TAYYORGARLIK ISHLARINI BAJARISH
Temir yo‘lning yer polotnosini qurishda tayyorgarlik ishlariga quyidagi ishlar kiradi. • trassani daraxtlar, butalardan tozalash, to‘nkalarni kovlash; • qir osti ariqlarini qurish; • vaqtinchalik grunt tashish yo‘llarini barpo etish ishlari; • yerning unumdorlik qatlamini qirqib olish ishlari. Tayyorgarlik ishlarini davomiyligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: Tt= T1+T2 + T3+T4, kun bu yerda: T1 – trassani daraxtlar, butalardan tozalashga sarflangan vaqt, kun; T2 – vaqtinchalik avtomobil yo‘llar qurilishiga sarflangan vaqt, kun; T3 – qir osti ariqlarini qazishga sarflangan vaqt, kun; T4 – yerning unumdorlik qatlamini qirqib olish ishlariga sarflangan vaqt, kun. 2.1 Trassani daraxtlar, butalardan tozalash ishlari Trassani daraxtlar, butalardan tozalashdan oldin o‘yma va ko‘tarmalarda ajratish yo‘laklarining enini aniqlaymiz. Berilgan trassada ko‘tarma va o‘ymalarda o‘rtacha ishchi belgilarni hisoblab [2] ga asoslangan holda ajratish yo‘laklarning enini aniqlaymiz va shunga asoslanib qurilish maydonini yuzasini hisoblaymiz (2.1-jadv). 2.1-jadval. Qurilish maydonini yuzasini aniqlash
Trassani daraxtlar, butalardan tozalash ishlarini bajarishda traktor buldozeridan foydalaniladi. Mazkur kurs ishida quvvati 222 kVt bo’lgan buldozerdan foydalanamiz. Bu buldozerning bir smenadagi ish unumdorligi 6 ga (60000 m2/smena) ni tashkil etadi. Trassani daraxtlar, butalardan tozalash ishlari uchun berilgan vaqtni quyidagi formula yordamida aniqlaymiz: , kun bu yerda, Σ S – tozalanadigan maydonning umumiy yuzasi, m2; Uiu − buldozerning ish unumdorligi, m2/smena; N - yetakchi mashinalar soni, dona; n - bir sutkada smenalar soni, dona. T1= 74650/60000*1*2=0.82 ≈ 1 kun. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling