Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar kafedrasi. ME'DA VA O`N IKKI BARMOQLI ICHAK YARA KASALLIGI TA'RIFI. - Qaytalanib turuvchi va jadallashishga moyil kasallik bo`lib, me'da va o`n ikki barmoqli ichakda yara illati sodir bo’lishi bilan ifodalanadi
TARQALISHI. - Balog’atga yetgan axolining 2-5 foizi yara kasalligiga chalingan, ko’pincha 25-30 yoshlardagi erkaklarda uchraydi. Duodenum yarasi me'daga nisbatan 3 marta ko’p. Yara kasalligi ko’payishini urbanizatsiya, tartibsiz ovqatlanish, tashki muxitning ifloslanishi va to’kima gipoksiyasining rivojlanishi bilan bog’laydilar
ETIOLOGIYASI - A) Alimentar omil - odatdagi ovkatlanish ritmining o`zgarishi, o`tkir ta'sirlovchi (qovurilgan, achchiq, sho’r, dudlangan) taomlarni iste'mol kilish
- B) Alkogol
- V) Dori-darmonlar
- G) Davomli yoki tez-tez kaytalanuvchi asab-ruxiy taranglanish, bosh miyaning mexanik shikastlanishi (chaykalishi), nerv sistemasining distrofik o`zgarishlari.
D) Buyrak usti, miya ortig’i (gipofiz) va jinsiy bezlar gormonlari boshqaruvi mexanizmlarining buzilishi xastalikning vujudga kelishida aloxida o`rin egallaydi - D) Buyrak usti, miya ortig’i (gipofiz) va jinsiy bezlar gormonlari boshqaruvi mexanizmlarining buzilishi xastalikning vujudga kelishida aloxida o`rin egallaydi
- Ye) Irsiy omillar:
- (1) yaqin qarindoshlarda xastalikka chalinish xavf-xatari 10 martadan ortiq
- (2) O (I) gurux qonli odamlarda yara kasalligiga duchor bo’lish extimoli 30-40 foizdan yuqori
- J) Infeksiya - xelikobakter pilorining yara chaqiruvchi (ulserogen) shtammlari aniqlangan
Helicobacter pylori PATOGENEZI - Yara kasalligi rivojlanishining mexanizmi asosida «tajovuzkor» va «ximoyachi» omillar o’rtasidagi fiziologik muvozanatning buzilishi yotadi
Do'stlaringiz bilan baham: |