Tug‘ma pilorostenoz
Gipertrofik pilorostenoz, bolalarda oshqozonning oikazuvchanligini
buzilishiga olib keladi va quyidagi klinik simptomlar bilan
kechadi: qayt qilish, og‘riq, ko‘ngil aynash, qorin epigastral sohasini
shishishi. Keltirilgan simptomlardan birinchi o‘rinda qusish, qusuq
massalarida о ‘ t aralashmaganligi - oshqozondan 12 barmoqli ichakka
o‘tish buzilganligini bildiradi. Ko‘pincha bu simptom bolalarda
gipertrofik pilorostenoz borligidan dalolat beradi. Lekin obstruksiya
belgilari boshqa kam uchraydigan va kam holatlarda o‘tkir
namoyon buladigan tug‘ma kasalliklar bilan ham bogiiq boiishi
mumkin. Bular pilorik sfinkter atreziyasi, me’da atoniyasi, antral
qism membranasi, me’da ikkilanishi va me’dani o‘tkir buralishi.
Bolalarda o‘t suyuqligisiz qayt qilishda differensial tashxislashda
xirurgik boimagan sabablarni: ovqatlantirishni buzilishi (ko‘p yoki
noto‘g‘ri ovqatlantirish), pilorospazm, kardiya xalaziyasi, yoki
gastroezofageal refiyuksni ham hisobga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |