Oshqozon ichak trakti tug’ma anomaliyalari girshprung kasalligi


Download 134.5 Kb.
bet6/17
Sana05.01.2022
Hajmi134.5 Kb.
#206594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
патан

Etiologiya va patogenezi.

Kron kasalligining etiologiyasi hozirgacha

aniq emas. Lekin yarali kolitga xos 5 etiologik sabab Kron

kasalligiga ham tatbiq etilsa boiadi. Genetik va infeksion sabablar

asosiy omillar hisoblanadi, chunki ikkalasi ham Kron kasalligi bilan

og‘rigan bemorlarda mavjud. Har bir bemorda limfangioektaziya va

mezenterial limfangiopatiya kabi morfologik o‘zgarishlar kuzatilishi

≪obstruktiv limfangitni≫ asosiy sabablardan biri ekanligini

ko‘rsatadi. Kron kasalligida ichakning shilliq osti qavatida shish,

fibroz, limfa yoilarining kengayishi hisobiga devori qalinlashgan

bo‘ladi. Shilliq pardasida kichik-kichik ariqsimon yaralar kuzatiladi.

Uning ko‘rinishi ≪tosh ko‘cha≫ni eslatadi. Shunday yaralardan

tashqari, sohalarda shilliq pardaning tuzilishi deyarli o‘zgarmagan

holda boiadi. Ko‘p hollarda, ichakning tutqich yuzasida, shilliq

pardada uzunasiga ketgan chuqur yarali ariqchalar paydo boiadi.

Ba’zida bu yaralar ichakning barcha qavatlarini qamrab teshiklar,

chandiqlar va surunkali abssesslar hosil qiladi. Ko‘p yadroli ulkan

epitelial hujayralardan iborat granulomalar 60 % bemorlarda

uchraydi. Bunday granulomalar shilliq osti qavatida, ba’zida seroz

osti, muskul qavati va regional limfa bezlarda topiladi. Kron kasalligi

bo‘yicha operatsiya davrida ichak devorining qalinlashganligi, seroz

osti tomirlarning kengayganligi, qattiqlashganligi va torayganligini

hisobga olgan holda, yalligianishning uzunligini oson aniqlab ola

oladi. Lekin, bazida yalligianish segmentar xususiyatga ega boiadi.

Klinika va diagnostikasi. Kron kasalligi, ko‘pincha katta yoshdagi

odamlarda uchraydi. Lekin oxirgi yillarda, bolalarda ham tez-tez

uchramoqda. Ko‘pgina mualliflarning e’tiroficha, 20 % bemorlarda

kasallik belgilari 15 yoshgacha boigan davrda paydo boigan.

Ba’zi adabiyotlarda kichik yoshdagi bolalarda ham uchrab turishi

qayd qilinadi. Kasallikning belgilari quyidagilardan iborat: ogirlik

massasini yo‘qotish (90 % hollarda), qorin og‘rig‘i (70 %), diareya

(67 %), tana haroratining koiarilishi (25 %). Ba’zida kasallikning

dastlabki belgilari bo‘g‘imlarda og‘riq (artrit) bilan boshlanadi. Kron

kasalligida to‘g‘ri ichakdan axlat aralash qon kelish, yarali kolitga

nisbatan kam uchraydi. Lekin faqat yo‘g‘on ichak lokalizatsiyasida

≪qonli diareya≫ Kron kasalligiga xos belgi hisoblanadi. Deyarli 2/3

qism kasallarda diagnoz bir yildan keyin aniqlanadi. Kasallaming

1/3 qismida birlamchi diagnoz oshqozon-ichak tizimiga bog‘liq

bolmagan tashxislar bilan davolanadi.

Yarali kolitda kasallik kechishi qaytalanuvchi, zo‘rayish davri

vaqtincha zaiflashish bilan almashib turuvchi xususiyatga ega bo‘Isa,

Kron kasalligida doimiy bo‘ladi. Kasallikning bolalarga xos shakli

ileokolit≫ hisoblanadi (55 %). Yo‘g‘on ichak (34 %) va ingichka



ichak (10 %) shakllari kamroq uchraydi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq

pardasi biopsiya qilinganda, Kron kasalligiga xos granulomalar

aniqlanadi. Ba’zida, kasallikning og‘ir shakllarida barmoqlarning

to‘g‘nog‘ichsimon≫ yo‘g‘onlashishi rivojlanadi.

Kron kasalligiga chalingan bolalar jismoniy rivojlanishdan

orqada qoladi, og‘irligi kam bo‘ladi. Kasallikning ileosekal

shaklida eng ko‘p uchraydigan belgilardan biri, qorinning o‘ng

pastki to‘rtdan birida og‘riq paydo bo‘lishidir. Kolorektal shaklida

perianal yaralar, yoriqlar paydo bo‘ladi. Ular, ko‘pincha og‘riqli va

oqmalar, granulomatoz to‘qimadan iborat g‘adir-budir yuzalar hosil

qilib, oraliq sohasiga tarqalishi mumkin. Ba’zida yaralarning jadal

rivojlanishi natijasida, perianal soha muskullari ham jarohatlanishi

mumkin. Ingichka ichak, sigmasimon va to‘g‘ri ichakdan yuqorida

joylashgan yo‘g‘on ichak jarohatlanganda, sigmoidoskopiyada

shilliq parda o‘zgarishsiz bo‘ladi. Kron kasalligining rektal shaklida

shilliq pardada chiziqsimon yaralar aniqlanadi.

Laborator tekshiruvlarda anemiya, EChT oshganligi, gipoalbuminemiya,

LgA ko‘rsatkichining oshganligi qon quyilishi vaqtining

cho‘zilishi kabi ko‘rsatkichlar kuzatiladi. Rentgenologik tekshiruvda

oshqozon-ichak tizimining barcha sohalarida - qizilo‘ngachdan tortib

to‘g‘ri ichakgacha Kron kasalligiga xos o‘zgarishlar aniqlanadi,

lekin eng ko‘p uchraydigan sohalari yonbosh va yo‘g‘on ichak

hisoblanadi. Shuningdek, ichak oqmalari, qorin bo‘shlig‘i abssesslari,

o‘smasimon hosilalar va terming jarohatlanishi kuzatiladi.

Kron kasalligiga ichki oqmalar va yo‘llar hosil bo‘lishi xosdir.

Bunday asoratlar qorin og‘rig‘i, qorin devorining taranglashuvi

va qorinda o‘smasimon hosila paypaslanishi kabi klinik belgilar

bilan o‘tadi. Oqma, ko‘pincha, yonbosh ichakning so‘nggi qismi

bilan ko‘tariluvchi chambar yoki sigmasimon ichaklar orasida

vujudga keladi. 0 ‘tkir appenditsit diagnozi bilan appendektomiya

operatsiyasi oikazilgandan so‘ng, tashqariga ochilgan oqma hosil

boisa, bemorda Kron kasalligi boiishi mumkinligi ehtimoli mavjud.

В unda finajasogrammada oqma chuvalchangsimon o‘simtaning

asosiga emas, balki yonbosh ichakning so‘nggi qismiga ochilganligi

koiinadi. Ba’zida oqma ichak bilan siydik qopi yoki uretraga

ochilishi mumkin. Bunda siydik yoilarining infeksiyasi, siydik

bilan havo yoki ichak massasi ajralganda, Kron kasalligining asorati

ckanligini tasdiqlaydi.

Kron kasalligida yo‘g‘on ichakning dilatatsiyasi (megakolon) va

perforatsiyasi kamdan kam hollarda uchraydi. Biroq ichakning distal

qismlarining obstruksiyasi ichak perforatsiyasi bilan tugashi mumkin.

Kasallikda steroid terapiya perforatsiyaga sabab b o ia olmaydi.

Shuni ta’kidlab oiish joizki, Kron kasalligi kolorektal sohaning

karstinomasiga. sabab boiishi mumkin. Statistik maiumotlar

shuni koisatadiki, Kron kasalligining bunday asorati aholi orasida

uchraydigan koisatkichga nisbatan 20 barobar ko‘p.

Bemor bolalar uzoq davr mobaynida


Download 134.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling