Oshqozon ichak trakti tug’ma anomaliyalari girshprung kasalligi
Download 134.5 Kb.
|
патан
Rektal biopsiya
juda keng qoilaniladi. Tadqiqot uchun material olishning bir necha usullari bor. Bu metodning aniqligi, agar u, albatta, tajribali bolalar jarrohi yoki morfologlari tomonidan amalga oshirilsa o‘ta yuqori boiadi. Toiiq qatlamli rektal biopsiya umum qabul qilingan va biopsiya materialini olishning boshqa usullari oldida ustunliklarga ega, chunki ham Auerbax muskul orasi, ham Meysner submukoz to‘qimam baholash imkonini beradi. Bu metodning qoilanilishi umumiy anesteziyani talab qiladi. Asoratlar (presakral abssess) juda kam paydo bo'ladi. Shunga o‘xshash umumiy og‘riqsizlantirish talab qilmaydigan metodlar punksion va aspiratsion biopsiya hisoblanadi. Punksion metodda biopsiyali qisqichlar ishlatiladi. Olingan materialda ikkala to‘qimaning ham hujayralarini topish mumkin. Ayrim holatlarda bu metodning kamchiligi materialning kam miqdorda olinishi (tadqiqot uchun yetarli bo‘lmagan) va ba’zan biopsiya joy idan ko‘p qon ketishi hisoblanadi. Bundan tashqari, bu metodni ba’zan muloqotga kirish ancha qiyin bo‘lgan ancha katta yoshdagi bolalarda qo‘llash murakkab. Faqatgina shilliq va shilliq osti qatlamlar olinadigan rektal aspiratsion biopsiyaning mashhur bo‘lishi metodning oddiyligi va uni ambulator sharoitlarda qo‘llash mumkinligi bilan tushuntiriladi. Tadqiqotda ganglioz hujayralarning yo‘qligi va gipertrofirlangan nervlar aniqlanadi Girshprung kasalligida neyrografiya. Metod aniqligi juda katta, agar materialning yetarli miqdori yoki bir nechta qismlar olingan, shuningdek, tadqiqotlar tajribali morfolog tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa. Agar ganglioz hujayralar aniqlansa, unda Girshфrung kasalligi tashxisi, odatda, bo‘lmaydi. Aspiratsion biopsiyaning yagona ehtimoli bo‘lgan asorati - materialning yetarli miqdorda olinmasligidir. Biopsiyani tishli liniyadan yuqorida amalga oshirish muhim, chunki to‘g‘ri ichakning ancha distal boiimlarida ganglioz hujayralaming joylashuv zichligi kamayadi. Aspiratsion biopsiyaning keng qoilanilishi yana so‘nggi vaqtlarda Meysner to‘qimasi Auerbax kabi distal yo‘nalishda uzoq tarqalmaydi degan fikr rad etilishi bilan bogiiq. Download 134.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling