Oshqozon ichak trakti tug’ma anomaliyalari girshprung kasalligi


Download 134.5 Kb.
bet12/17
Sana05.01.2022
Hajmi134.5 Kb.
#206594
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
патан

Klinika va tashxislash.

Tipik hollarda pilorostenozda kuchli (favvorasimon) qusish chaqaloq hayotining 2-3

haftalarida namayon bo‘ladi, doim o‘t aralashmagan bo‘ladi. Kasallik boshlanish davrida

aniq klinik manzara bermaydi. Qusish oziqlangandan so‘ng 30-60

minutdan keyin paydo bo‘lib, hajmi emgan sutiga nisbatan ko‘p

bo‘ladi. Bola gipotrofik, teri va shilliq qavatlari quriq, qusgandan

keyin ham och ko‘rinadi. Qusuq massalarida o‘t aralashmagan bo‘lsa

ham, rangi jigar rang yoki ≪kofe quyqasi≫ rangida bo‘ladi, sababi avj

oluvchi proksimal gastrit sababli qon ketish bilan bog‘liq. Ko‘krak

bilan emiziladigan bolalarda pilorostenoz ko‘proq rivojlanishi haqida

kuzatuvlar bor. Qusish epizodlari keskin og‘irlashishi va tezlashishi

ko‘payishi, sutli aralashmalarga o‘tilganda bolani oshqozonda

tvorogsimon massalar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Bolaga dekstroza

suvli oziqlantirish o‘tkazilganda, qusish chastotasi kamayadi.

Aralashmalar berilganda qayt qilish kuchayganligi sababli, ulami

hazm boimasligiga gumon qilib, bolalarga ko‘p marotaba ovqatlar

almashtiriladi, bu esa tana vaznini yo‘qotilishiga, ba’zan qabziyatga

va shu bilan bogiiq degidratatsiyaga olib keladi. Lekin, hozirgi

paytda pilorostenoz bilan xastalangan bolalarning tashqi koiinishi

ilgari yozilgan, kaxektik bemorlarni tashqi ko‘rinishidan keskin farq

qiladi. Pediatrlar va umumiy amaliyot shifokorlarining pilorostenoz

manzarasi haqida ko‘p maiumotga egaligi, bu patologiyani erta

tashxislanishiga va oziqlanish buzilishi, o g ir degidratatsiyani va

elektrolit disbalansining rivojlanishini kamayishiga olib keldi.

Kuchsizlangan chala tug‘ilgan bolalarda pilorostenozning klinik

ko‘rinishi yashirin bulib, bu tashxis gumon qilinmaydi va natijada

davolash juda kech boshlanadi.

Pilorostenoz tashxisi oddiy fizikal tekshiruvda qo‘yilishi

mumkun. Ko'ruv davrida bolani oziqlantirish tashxislashda katta

yordam beradi, chunlci bu vaqtda bolada oshqozonni ko‘rinadigan

peristaltikasi paydo boiadi. Peristaltik toiqinlar epigastral sohada,

oshqozon proyeksiyasida chapdan o‘ngga yo‘naladi va qusishdan

oldin hosil boiadi (≪qum soat≫ simptomi). Favvorasimon qusish,

o‘t aralashmagan, ba’zan jigarrang shilliq bilan kuzatiladi. Pilorostenozda

oshqozon, chuqur burmalar hisobiga, bir tekisda kengayadi,

shuning uchun qusish uni suyuq luqma va gazlardan,

zondda tortganga nisbatan samaraliroq bo'shatadi. Gipertrofiyalangan

pilorusning ≪olivasini≫ palpator aniqlash katta diagnostik

ahamiyatga ega. Qorin palpatsiyasi, qorin mushaklari maksimal

bo‘shashganida yengillashadi, shuning uchun uni medani oziqlantirilgandan

so‘ng chaqirilgan qusishdan, yoki xolsiz bolalarda

zondlash va aspiratsiyadan keyin oikaziladi. Gipertrofiyalangan

pilorus ko;pincha qattiq harakatlanuvchi, uzunligi 2 sm, kindik

ustidan, bir oz o‘ngroqda joylashadi. Qorin oldi devorini kranial

yo‘nalishda paypaslaganda, harakatlanuvchi qattiq o‘smasimon

hosilani aniqlashga, chuqurroq paypaslanganda barmoqlar orasiga

ushlashga imkoniyat beradi. Bu tashxislash usulini pilorostenoz

bilan xastalangan ko‘p bolalarda oikazish mumkin va tashhisni

to‘g‘ri qo‘yishda yordam beradi. Bu tekshiruv usulini oikazish

uchun medikamentoz sedatatsiya qoilash mumkin. Anamnez va

klinik manzara asosida bolada pilorostenoz gumon qilinib, lekin

pilorus paypaslanmasa, boshqa tashxislash usullaridan foydalanish

lozim. Pilorostenozga xos simptom- ≪qum soat≫ simptomi, bu simptom qorin oldi devorida barmoqlar bilan(≪ko‘ylak≫

simptomiga o‘xshash) tez o‘tkazilganda kuzatiladi.

Ilgari pilorostenozga gumon qilinganda, oshqozonni bariy

eritmasi yoki suvda eruvchi kontrast modda bilan rentgenologik

tekshiruvi qoilanilar edi. Hozir uning o‘rniga ancha xavfsizroq

usul - qorin UTTi qo‘llaniladi. UTT yordamida pilorusni aniqlash

gumonligi haqidagi tushunchalar hozirgi davrda pilorostenoz bilan

xastalangangan bemorlarda pilorusni UTT yordamida o‘lchash va

uni qalinligini intraoperastion oTchamlarini taqqoslash bir qator

tekshiruvlar bilan istisno qilingan Pilorusning diametri

14 mm, uning mushak qavati 4 mm dan ortiq va uzunligi 16 mm dan

ortiq boTganda pilorostenoz tashxisi qo‘yish mumkun. Ko‘rsatilgan

parametrlardatashxis aniqligi 99-100 % tashkil etadi. UTTdan so‘ng

tashxis aniq boimagan hollarda, kontrast rentgenologik tekshiruv

tavsiya etiladi, bunda faqat suvda eruvchi kontrast modda ishlatish

lozim.



Download 134.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling