Oshqozon ichak trakti tug’ma anomaliyalari girshprung kasalligi


Download 134.5 Kb.
bet16/17
Sana05.01.2022
Hajmi134.5 Kb.
#206594
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
патан

Klinika va tashxislash. Mekoniyli ileus bilan xastalangan

bemorlar lOdan 30 %gacha kistofibroz bilan kasallangan

qarindoshlarga ega va bu autosom-restessiv yo‘l bilan o‘tadigan

genetik anomaliya hisoblanadi. Mekoniyli ileus bilan tug‘ilgan

bolalar homila gipotrofiyasi bilan tug‘ilsa ham, kamdan kam chala

tug‘ilgan bo‘ladi. Bolaning tug‘ilish vaqtida tana vazni kamligi

qisman homila davrida hosil bo‘lgan ichak tutilishi sababli, homila

amniotik suyuqlikdan kerakli oziqalami olmasligi sababli bo‘ladi.

Onalarda ko‘p suvlik 10-20 % hollatlarda, ko‘pincha - mekoniyli

ileusni asoratlangan shakllari kuzatiladi. Oddiy mekoniyli ileus

birinchi 24-48-soatlarda qorin kattalashishi va o‘t aralash qusish

bilan namoyon bo‘ladi. Mekoniy kelmaydi. Qorin oldi devoridan

ko‘pincha paypaslaganda xamirsimon konsistenstiyaga ega kengaygan

va uzaygan ichak qovuzloqlari konturlari aniqlanadi. To‘g‘ri

ichak va anal teshigi ko‘pincha toraygan, kichik o‘lchamda bo‘ladi

va bu to‘g‘ri- ichak stenozi yoki atreziya deb talqin qilinishi mumkin.

Asoratlangan mekoniyli ileus og‘irroq kechadi va ko‘p hollarda

tug‘ilgandan so‘ng birinchi 24 soatlarda o‘tkir, respirator distresga

olib keluvchi qorin shishi dan boshlanadi. Kengaygan qorin devori

giperimiyasi va shishi bilan kechadigan peritonit simptomlari,

rentgenogrammada - pnevmo-peritoneum kuzatilishi mumkin.

Shish va giperimiya qorin devori ostida psevdokista yoki peritonit

borligidan dalolat beradi. Ba’zan kuchli gipovolemiya rivojlanadi,

sepsis alomatlari paydo bo‘ladi bemomi ahvoli og‘irlashadi.

Operatsiyadan oldingi tashxis, asosan, klinik manzara, fizikal

tekshiruv va rentgenografiya (vertikal va gorizontal holatda) hamda

oilaviy anamnezga asoslanib qo‘yiladi. Kuzatilayotgan simptomatika

ba’zan boshqa ichak tutilishi turlari deb xato talqin qilinishi mumkin.

Masalan, bunday klinik manzara tug‘ma agangliozda ham, ayniqsa

total, subtotal va gipotireozda kuzatilishi mumkin.

Oddiy mekoniyli ileusda qorin bo‘shlig‘i rentgenogrammasida

ko‘pincha kengaygan ichak qovuzloqlari, ya’ni ingichka ichak

tutilishi belgilari ko‘rinadi. Rentgenologik manzara yonbosh

ichak atreziyasida va boshqa obstmksiya shakllarida kuzatiladigan

manzaradan farqlanmaydi. Ichak qovuzloqlari kengayishi darajasi

har xil bolishi mumkin: ba’zilari juda kengaygan bo‘lishi mumkin,

boshqalari me’yorida boMadi. Ko‘pincha yirik donalik sovun pufaklariga

o‘xshash soyalar ko‘rinadi, bu quyuq mekoniyning ichida

havo pufaklari borligi bilan ifodalanadi (15.14-15.15-rasmlar).

Bunday manzara ichak tutilishi boshqa turlarida ham kuzatiladi.

Mekoniyli ileusda suyuqlik sathlari miqdori ko‘p hollarda oz,

chunki ichak qovuzloqlari asosan suyuqlik yoki yopishqoq mekoniy

bilan to‘lgan bo‘ladi. Bu belgi ham katta diagnostik ahamiyatga ega

emas, chunki boshqa ichak tutilishi shakllarida kuzatilishi mumkin.

Mekoniyli ileusda vertikal rentgenogrammalar ba’zan havo pufagi

bilan suyuqlik sathlari ko‘rinadi.

.

Asoratlangan mekoniyli ileusda taxminan 1/3 holatlarda



rentgenogrammalarda hech qanday asorat belgilarni aniqlab

bo‘lmaydi. Agar klinik-rentgenologik manzara mekoniyli ileus

haqida dalolat bersa, tashxisni tasdiqlash uchun ko‘pincha bariy

bilan irrigograiya qilinadi, so‘ng yo‘g‘on ichakka, davolash

maqsadida giperosmolyar suvda eruvchi kontrast modda yuboriladi,

uning yonbosh ichakka reflyuksi atreziya sohasini aniqlashga

yordam beradi. Biz tashxislash va davolashda kontrast moddaning

gipertonik eritmasini ishlatishni afzal ko‘ramiz. Irrigogrammalarda

judayam tor yo‘g‘on ichak diametri (mikrokolon) aniqlanadi, lekin

uzunligi saqlangan va ichi bo‘sh bo‘ladi. Yonbosh ichak terminal

qisimlarida quyuq shilliq burdalari (sharchalari) kontulari ko‘rinadi.

Mekoniyli ileusga shubha qilinganda hech qachon kontrast moddani

og‘iz orqali yuborish mumkin emas.


Download 134.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling