Oshqozon ichak trakti tug’ma anomaliyalari girshprung kasalligi
Download 134.5 Kb.
|
патан
Klinika va tashxislash. Mekoniyli ileus bilan xastalangan
bemorlar lOdan 30 %gacha kistofibroz bilan kasallangan qarindoshlarga ega va bu autosom-restessiv yo‘l bilan o‘tadigan genetik anomaliya hisoblanadi. Mekoniyli ileus bilan tug‘ilgan bolalar homila gipotrofiyasi bilan tug‘ilsa ham, kamdan kam chala tug‘ilgan bo‘ladi. Bolaning tug‘ilish vaqtida tana vazni kamligi qisman homila davrida hosil bo‘lgan ichak tutilishi sababli, homila amniotik suyuqlikdan kerakli oziqalami olmasligi sababli bo‘ladi. Onalarda ko‘p suvlik 10-20 % hollatlarda, ko‘pincha - mekoniyli ileusni asoratlangan shakllari kuzatiladi. Oddiy mekoniyli ileus birinchi 24-48-soatlarda qorin kattalashishi va o‘t aralash qusish bilan namoyon bo‘ladi. Mekoniy kelmaydi. Qorin oldi devoridan ko‘pincha paypaslaganda xamirsimon konsistenstiyaga ega kengaygan va uzaygan ichak qovuzloqlari konturlari aniqlanadi. To‘g‘ri ichak va anal teshigi ko‘pincha toraygan, kichik o‘lchamda bo‘ladi va bu to‘g‘ri- ichak stenozi yoki atreziya deb talqin qilinishi mumkin. Asoratlangan mekoniyli ileus og‘irroq kechadi va ko‘p hollarda tug‘ilgandan so‘ng birinchi 24 soatlarda o‘tkir, respirator distresga olib keluvchi qorin shishi dan boshlanadi. Kengaygan qorin devori giperimiyasi va shishi bilan kechadigan peritonit simptomlari, rentgenogrammada - pnevmo-peritoneum kuzatilishi mumkin. Shish va giperimiya qorin devori ostida psevdokista yoki peritonit borligidan dalolat beradi. Ba’zan kuchli gipovolemiya rivojlanadi, sepsis alomatlari paydo bo‘ladi bemomi ahvoli og‘irlashadi. Operatsiyadan oldingi tashxis, asosan, klinik manzara, fizikal tekshiruv va rentgenografiya (vertikal va gorizontal holatda) hamda oilaviy anamnezga asoslanib qo‘yiladi. Kuzatilayotgan simptomatika ba’zan boshqa ichak tutilishi turlari deb xato talqin qilinishi mumkin. Masalan, bunday klinik manzara tug‘ma agangliozda ham, ayniqsa total, subtotal va gipotireozda kuzatilishi mumkin. Oddiy mekoniyli ileusda qorin bo‘shlig‘i rentgenogrammasida ko‘pincha kengaygan ichak qovuzloqlari, ya’ni ingichka ichak tutilishi belgilari ko‘rinadi. Rentgenologik manzara yonbosh ichak atreziyasida va boshqa obstmksiya shakllarida kuzatiladigan manzaradan farqlanmaydi. Ichak qovuzloqlari kengayishi darajasi har xil bolishi mumkin: ba’zilari juda kengaygan bo‘lishi mumkin, boshqalari me’yorida boMadi. Ko‘pincha yirik donalik sovun pufaklariga o‘xshash soyalar ko‘rinadi, bu quyuq mekoniyning ichida havo pufaklari borligi bilan ifodalanadi (15.14-15.15-rasmlar). Bunday manzara ichak tutilishi boshqa turlarida ham kuzatiladi. Mekoniyli ileusda suyuqlik sathlari miqdori ko‘p hollarda oz, chunki ichak qovuzloqlari asosan suyuqlik yoki yopishqoq mekoniy bilan to‘lgan bo‘ladi. Bu belgi ham katta diagnostik ahamiyatga ega emas, chunki boshqa ichak tutilishi shakllarida kuzatilishi mumkin. Mekoniyli ileusda vertikal rentgenogrammalar ba’zan havo pufagi bilan suyuqlik sathlari ko‘rinadi. . Asoratlangan mekoniyli ileusda taxminan 1/3 holatlarda rentgenogrammalarda hech qanday asorat belgilarni aniqlab bo‘lmaydi. Agar klinik-rentgenologik manzara mekoniyli ileus haqida dalolat bersa, tashxisni tasdiqlash uchun ko‘pincha bariy bilan irrigograiya qilinadi, so‘ng yo‘g‘on ichakka, davolash maqsadida giperosmolyar suvda eruvchi kontrast modda yuboriladi, uning yonbosh ichakka reflyuksi atreziya sohasini aniqlashga yordam beradi. Biz tashxislash va davolashda kontrast moddaning gipertonik eritmasini ishlatishni afzal ko‘ramiz. Irrigogrammalarda judayam tor yo‘g‘on ichak diametri (mikrokolon) aniqlanadi, lekin uzunligi saqlangan va ichi bo‘sh bo‘ladi. Yonbosh ichak terminal qisimlarida quyuq shilliq burdalari (sharchalari) kontulari ko‘rinadi. Mekoniyli ileusga shubha qilinganda hech qachon kontrast moddani og‘iz orqali yuborish mumkin emas.
Download 134.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling