О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
OQSILLARNING FIZIK-XIMIYAVIY XOSSALARI
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
5.OQSILLARNING FIZIK-XIMIYAVIY XOSSALARI
Oqsillar yuqori molekulyar biologik polimerlar bo'lganligi sababli ular suvda eriganda kolloid eritmalar hosil qiladi. Oqsil molekulasi o'zining aminokislota tarkibiga qarab eritmada musbat yoki manfiy zaryadga ega bo'ladi. Oqsil zarrachasining zaryadi uni eritmada stabillovchi asosiy faktor hisoblanadi. Oqsillarning muhim xususiyatlaridan biri ularning eruvchanligi va cho'kishi hisoblanadi. Turli oqsillarning molekulyar xususiyatlari, bajaradigan vazifasi, tabiatda tarqalgan ob'yektiga bog'liq ravishda turli darajadagi eruvchanlikka ega. Ular turli fizik va ximiyaviy omillar ta'sirida eritmadan cho'kadi. Cho'ktiruvchining turi va oqsil erigan muhitga qarab oqsil o'z xoliga qaytmas bo'lib cho'kishi, denaturasiyaga uchrashi yoki qayta cho'kishi mumkin.
Oqsil eritmada qizdirilganda, organik erituvchilar, konsentrlangan ishqor yoki kislotalar, og'ir metall ionlari ta'sirida denaturasiyaga uchraydi. Denaturasiya vaqtida ba'zi molekula ichidagi bog'lar (vodorod, disulfid va boshqalar) qayta gruppalanishi hisobiga oqsil molekulasining uchlamchi tuzilishida muhim o'zgarish ketadi. Natijada ba'zi fizik, ximiyaviy va biologik xususiyatlari yo'qoladi. Oqsillarning oddiy erituvchilarda (suv, tuz eritmalari va boshqalar) eruvchanligi yo'qoladi, denaturasiya natijasida gidrofil xossalarini yo'qotib gidrofob xossalariga ega bo'ladi. Denaturasiyaning bunday turi qaytmas denaturasiya deb atalib, bunday oqsil o'zining nativ xossalariga har qandan sharoitda ham kaytmasligi mumkin. Oqsillarning eruvchanligi ka eritmada turishini ta'minlovchi asosiy faktorlardan biri oqsil molekulasining zaryadi va unga bog'liq bo'lgan suv qobig'idir. Oqsillar aminokislotalardan tarkib topganligi uchun amfoter xususiyatga ega:
Oqsil molekulasidagi erkin amino-karboksil gruppalarni miqdori va nisbati turli oqsillarda turlicha bo'ladi, shu sababli oqsillar zaryadining kattaligi va turi har xil bo'lishi mumkin:
14
Karboksil gruppaning dissosilanishi kislotali muhitda, aminogruppaniki esa ishqoriy muhitda kamayadi. Shuning uchun oqsil erigan eritmaning pH ko'rsatkichi oqsilning zaryadiga qarab kislotali yoki ishqoriy tomonga o'zgartirilsa, molekuladagi musbat yoki manfiy zaryadlangan funksional gruppalar soni tenglashib, oqsil zarrachasining umumiy zaryadi nolga teng bo'lib qoladi. Bu holat oqsilning Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling