d) OQSILLARNI ORGANIK KISLOTALAR BILAN CHO'KTIRISH
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. O'simlik oqsili; 2. Uchxlorasetat kislotaning
3% li eritmasi; 3. 20% li sulfosalisilat kislota; 4. Probirkalar; 5. Pipetkalar; 6. Shtativ.
Organik kislotalar ta'sirida ham oqsillar cho'kmaga tushadi. Ammo har xil
organik kislotalar ta'sir qilish xususiyati bilan bir-biridan farq qiladi. Oqsillarni
cho'ktirishda ko'proq uchxlorasetat kislota ishlatiladi, chunki bu kislota ta'sirida faqat
oqsillargina cho'kmaga tushib, ularning parchalanishidan hosil bo'lgan yuqori
molekulalar moddalarga ta'sir qilmaydi va ular eritmada qoladi. Bu usul oqsil azotini
va eritmada qolgan boshqa azotli birikmalarni aniklashda keng qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |