Ishning bajarilishi. Ikkita probirka olib, ularning har biriga 2—3 ml dan oqsil
eritmasi quyiladi. Birinchi probirkadagi oqsil ustiga 4—5 tomchi uchxlorasetat
kislotadan, ikkinchi probirkaga esa sulfosalisilat kislotadan 4—5 tomchi tomiziladi.
Har ikkala probirkada cho'kma hosil bo'ladi. Olingan natijalar daftarga yozib olinadi.
e) OQSILLARNI ALKALOID REAKTIVLARI BILAN CHO'KTIRISH
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. O'simlik oqsili; 2. Pikrat kislota; 3. To'yingan
tannin eritmasi; 4. 1% va 10% li asetat kislota eritmasi; 5. 5% li kaliy ferrosianid
eritmasi; 6. Probirkalar; 7. Pipetkalar; 8. Shtativ.
Oqsillar ham xuddi alkaloid moddalari kabi simob (II) yodid, vismut (III)
yodid, kaliy ferrosianid va, shuningdek, tannin, pikrat kislota ta'siridan cho'kmaga
tushadi. Oqsil molekulasidagi azot gruppasi alkaloidlar tarkibidagi gruppaga o'xshash
bo'lganidan, bu reaktivlar oqsil tarkibidagi azot asoslari bilan birikib, kompleks
birikmalar hosil qiladi. Bunday holda oqsillar musbat (g`) zaryadlanib kation,
19
alkaloid moddalar esa manfiy (—) zaryadlanib, anion ko'rinishida bo'ladi. Shuning
uchun ham oqsillarni bu reaktivlar bilan cho'ktirishda muhit kislotali bo'lishi kerak.
Mabodo, muhit ishqoriy bo'lsa, bu reaktivlar ta'sirida cho'kma hosil bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |