g) OQSILLARNI MINERAL KISLOTALAR BILAN
CHO'KTIRISH
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. O'simlik oqsili; 2. Sulfat, xlorid va nitrat
kislotalari; 3. Probirkalar; 4. Shtativ; 5. Pipetkalar.
Konsentrlangan mineral kislotalar (NS1, N
2
SO
4
, HNO
3
va boshqalar) ta'sirida
oqsillar cho'kmaga tushadi, chunki mineral kislotalar ta'sirida oqsillarning
zarrachalari degidratlanadi. Oqsil cho'kmasi, ortiqcha reaktiv (HCl, N
2
SO
4
) ta'sirida
eriydi. Bunga sabab, oqsil zarrachalarining qayta zaryadlanishidir.
Ishning bajarilishi. Dastlab uchta probirka olib, ularning biriga 2 ml sulfat
kislota, ikkinchisiga 2 ml xlorid kislota, uchinchisiga esa 2 ml nitrat kislota solinadi.
Keyin probirkalarni qiya tutgan holda kislotaga teng miqdorda oqsil eritmasidan
sekin-asta quyilsa, ikkala suyuqlik chegarasida halqa holdagi oq cho'kma hosil
bo'ladi. Agar xalqa holdagi cho'kma (1 - 2 probirkalar) chayqatilsa, halqa erib ketadi.
Mabodo cho'kma erimasa, shu reaktivlardan yana bir oz qo'shiladi. Erigan oqsil
eritmasi ustiga 5 n li natriy gidroksiddan tomizilsa, qayta cho'kma hosil bo'lishini
kuzatish mumkin. Uchinchi probirkada ham cho'kma hosil bo'ladi. Ammo hosil
bo'lgan cho'kma, probirka chayqatilganda ham, ortiqcha kislota qo'shilganda ham
erimaydi. Olingan natijalar daftarga yozib olinadi va tegishli xulosa chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |