b) OQSILLARNI SPIRT BILAN CHO'KTIRISH
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. O'simlik oqsili; 2. Etil spirt; 3. Natriy xlorid
tuzi; 4. Probirkalar; 5. Pipetkalar; 6. Shtativ.
Oqsillar ko'pgina organik erituvchilar (aseton, efir, spirt kabilar) ta'sirida
neytral va kuchsiz kislotali muhitda cho'kmaga tushadi. Oksillar, spirt bilan birga bir
oz natriy xlorid tuzidan qo'shganda cho'kmaga tezroq va to'la tushadi. Spirt oqsil
zarrachalarini degidratasiyaga olib kelsa, tuz ularni zaryadsizlantiradi. Agar oqsillarni
cho'ktirish past haroratda olib borilsayu, tushgan cho'kma esa tezda spirtdan ajratib
olinsa, oqsil denaturasiyaga uchramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |